Inklyuziv ta’lim o‘qituvchilarini sertifikatlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi ishlab chiqilib, Adliya vazirligining regulation.adliya.gov.uz saytiga joylashtirildi.
Davlat dasturi loyihasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 5 ta yo‘nalishi belgilanib, uning ikkinchi yo‘nalishi bevosita ijtimoiy siyosat (ta’lim, tibbiyot, ijtimoiy himoya, yoshlar)ga bag‘ishlangan.
Mazkur Davlat dasturida nazarda tutilishicha, endilikda alohida ta’lim ehtiyojiga ega o‘quvchilar bilan ishlaydigan o‘qituvchilarni sertifikatlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, respublikaning har bir tumanida (shahrida) bosqichma-bosqich inklyuziv ta’lim talablariga javob beradigan kamida bittadan umumta’lim maktab faoliyati tashkil etiladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi
Endilikda vazirining giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha alohida o‘rinbosari bo‘ladi
A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga prorektor tayinlandi
Hilola Umarova o‘qituvchilarga va’da qilingan imtiyozlar haqida nima deydi?
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Endi uy ta’limida dars beradigan o‘qituvchilarga "yo‘l haqi" ham to‘lab beriladi
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi tegishli qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Yangiliklar
Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi
Bu haqda prezident qarori qabul qilindi
Yangiliklar
34 mingta bola nogironligi sabab ta’lim muassasasalariga bormayapti
Nogironligi bor bolalarning ta’lim bilan qamrovi pastligi aytildi
Ta'lim siyosati
22 ta sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari umumta’lim maktabiga aylantiriladi
Ushbu maktab-internatlari inventarizatsiyadan o‘tkazildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang