Nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari uchun pul mukofoti 5 baravar oshiriladi

Kecha, 14-fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqot qildi. Unda yoshlar bilan ishlash natijadorligini yanada oshirish, ularga yanada keng imkoniyatlar yaratish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Prezident ushbu uchrashuvda fan olimpiadalari masalasiga ham to‘xtalib, nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib va sovrindor bo‘lganlar uchun bir martalik pul mukofoti miqdori 5 karra oshirilishini e’lon qildi.
Nufuzli xalqaro olimpiadalar qaysilar?
- Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)
- Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO)
- Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO)
- Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO)
- Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI)
Hozirgi kunda nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblari va ularning o‘qituvchi va murabbiylari BHMning quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanmoqda:
- 1-o‘rin (oltin medal) uchun — 500 baravar (170 mln so‘m);
- O‘qituvchisiga — 450 baravari (153 mln so‘m);
- Terma jamoa rahbari — 35 baravari (11 mln 900 ming so‘m)
- 2-o‘rin (kumush medal) uchun — 300 baravar (102 mln so‘m);
- O‘qituvchisiga — 250 baravari (85 mln so‘m);
- Terma jamoa rahbari — 25 baravar (8 mln 500 ming so‘m)
- 3-o‘rin (bronza medal) uchun — 200 baravar (68 mln so‘m);
- O‘qituvchisiga — 150 baravari (51 mln so‘m);
- Terma jamoa rahbari — 15 baravar (5 mln 100 ming so‘m).
Endilikda nufuzli xalqaro olimpiadasi g‘olibiga beriladigan mazkur pul mukofoti miqdori 5 baravar oshirilmoqda.
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-son qarori bilan asosiy fan olimpiadalarining hududiy va respublika bosqichlarida hamda xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar, ularning o‘qituvchilari va terma jamoalar rahbarlariga to‘lanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etilgandi.
Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan boshlab nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarlarini jamoaning natijasiga qarab rag‘batlantirish tartibi joriy etilib, terma jamoalar rahbarlari nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishilgan har bir oltin, kumush, bronza medallari uchun tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 35, 25, 15 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanishi belgilandi.
“Tanaffus” podkastining 10-sonida fan olimpiadalari mavzusini tomosha qiling
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

“Qizil” maktablar ro‘yxati tasdiqlandi

Bir kunning o‘zida 3 o‘quvchi suvga cho‘kib halok bo‘ldi

Harbiylashgan maktabga aylantirilgan “Jasorat maktab”lariga iyun oyidan qabul boshlanadi

Uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiyada qatnashmaganlar uchun test sinovlari qachon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar

Fan olimpiadalaridan 2 oylik natija - 110 ta medal
Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

O‘quvchilar uchun yangi olimpiada tashkil etilib, g‘oliblar grant asosida o‘qishga qabul qilinadi
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni imzolandi.

122 ta medal: O‘zbekiston fan olimpiadachilari haqiqiy qahramonlar!
O‘zbekistonning dunyo akademik reytingidagi o‘rni qanday

Xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi
Vazir Hilola Umarova g‘oliblarni taqdirladi
Izohingizni tahrirlang