Top.Mail.Ru
O‘qituvchilarga qachondan boshlab 70 foizlik ustama to‘lash boshlanadi?

O‘qituvchilarga qachondan boshlab 70 foizlik ustama to‘lash boshlanadi?

14:35 / 12.11.2025 1.86k
Kuzgi attestatsiya test sinovlarida ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarga 70 foizlik ustama qachondan boshlab to‘lanishi haqida xalqtaliminfo.uz'ga o‘qituvchilar tomonidan savol yo‘llamoqda. Ushbu murojaatlarni inobatga olgan holda quyidagilarni ma’lum qilamiz. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–79-son Farmoni 3-bandi 10-xatboshida xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini olgan pedagog kadrlarga tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanishi belgilab berilgan. 


Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 48-bandida pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish va malaka toifalari berish tizimi xalqaro e’tirof etilgan vakolatli xorijiy tashkilotlarning akkreditatsiyasidan o‘tkazilgandan so‘ng attestatsiyada ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga qo‘shimcha 70 foiz ustama belgilanishi hamda ustamaning amal qilish muddati ikki yil bo‘lib, muddat yakunlangandan so‘ng ustama uchun sinovlarda qayta ishtirok etish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.


Mazkur nizomning 47-bandiga ko‘ra attestatsiya jarayonlari yakunlanganidan so‘ng bir oy muddatda vazirlikning tegishli buyrug‘i (qarori) bilan attestatsiya natijalariga ko‘ra oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifalari berilgan pedagog kadrlarning ro‘yxati tasdiqlanadi hamda ro‘yxatga asosan pedagog kadrlarga QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikatlar platforma orqali onlayn generatsiya qilinadi.


Bunda 70 foizlik ustamaga erishgan pedagog xodimlar ro‘yxati “ERP” dasturiy majmuasida shakllantirilib, ularga maxsus ma’lumotnoma beriladi hamda “UzASBO-2” dasturiy majmuasiga integratsiya qilinib, ma’lumotnomaga ega xodimlarga qo‘shimcha ustama to‘lash boshlanadi.


Ma’lumki, kuzgi attestatsiya jarayonlari noyabr oyida yakunlanishi belgilangan bo‘lib, qoidaga ko‘ra malaka toifalarini generatsiya qilish hamda pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga sertifikatlarni yuborish dekabr oyidan boshlanadi.


Demak, 86 ballik natija bilan malaka sertifikatini olgan, oliy hamda birinchi malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagoglarga sertifikat olingan kundan boshlab 70 foizlik ustamalar ularning oylik ish haqlariga qo‘shib hisoblash boshlanadi.

Agar tegishli sertifikat hamda ma
lumotnomalar dekabr oyida generatsiya qilinib, qoshimcha tolovlar yanvar oyidan boshlab amalga oshirilsa, pedagog xodimlarga dekabr oyidagi qoshimcha tolovlar qayta hisob-kitob qilib beriladi.

Izohlar 1

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • ustama

Ulashish