Endi 1-sinflarni o‘qitadigan o‘qituvchilar oliy yoki birinchi toifali bo‘lishi kerakmi?
Savol
Ijtimoiy tarmoqlarda “Joriy o‘quv yilidan 1-sinfni o‘qitadigan o‘qituvchilar oliy yoki birinchi toifali bo‘lishlari shart” degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda. Bu qanchalik asosli?
Javob
Amaldagi normativ hujjatlarda bu kabi qoidalar belgilanmagan. Amaldagi o‘qituvchilarning malaka talablariga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi uchun — boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi bo‘yicha kamida o‘rta maxsus pedagogik ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi bo‘yicha dars berish huquqi bilan kasbiy qayta tayyorlov kursini tugatganligining o‘zi yetarli.
Bu masala bir necha yil avval ham ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng, biz masalaga oydinlik kiritish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari bilan bog‘langanimizda, mas’ullar ham bunday tartib joriy qilinishi haqida rejalar yo‘qligini ma’lum qilgan.
Umuman olganda, bunday talabning joriy qilinishi bir qancha muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli, bu kabi xabarlarga ishonmaslikni tavsiya qilamiz.
Izohlar 15
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ta’limga ajratilgan mablag‘lar nimalarga sarflandi?
Nogironligi bo‘lgan pedagoglarga attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlarida qo‘shimcha vaqt beriladi
Alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash tizimi tubdan oʻzgaradi
Ko‘zi ojiz pedagoglar uchun muhim yangilik: endi har bir o‘qituvchiga alohida shaxsiy assistent biriktiriladi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Dekret ta’tilidan qaytgan o‘qituvchilarga faqat ta’tildan avvalgi dars soatlarigina beriladimi?
Dekret ta’tilidan qaytgan o‘qituvchilarga ta’tildan avvalgi dars soatlarigina beriladi degan qoida yo‘q.
So'ragan edingiz
Bu yil rahbar xodimlarga dars berilmaydimi?
Rahbar xodimlarga dars berilmasin, degan taqiqlovchi qoida yo‘q.
So'ragan edingiz
Yangi olingan malaka toifasi uchun qachondan boshlab to‘lov qilinadi?
Malaka toifasi (lavozimi) saqlangan yoki oshirilgan pedagoglarga qo‘shimcha haq to‘lovlarini amalga oshirishga hech qanday limit belgilanmagan.
So'ragan edingiz
B2 sertifikatiga ega o‘qituvchi ko‘proq dars olishi mumkinmi?
O‘qituvchi qanchalik ko‘p yutuqlarni qo‘lga kiritsa, uning dars taqsimoti bo‘yicha maqomi ham shunga mutanosib ravishda oshib boradi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang