Bu yil 202 ming nafardan ortiq pedagoglar attestatsiyada ishtirok etadi
13:00 / 02.04.2024
4.79k
Xabaringiz bor, 2024-yil 1-aprel kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatining 2023-yilgi yakuniy sarhisobi hamda joriy yilda vazirlik tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabov, vazir maslahatchisi Azizbek Turdiyev hamda vazirlik mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatining 2023-yilgi yakuniy sarhisobi hamda joriy yilda vazirlik tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Ma’lum qilinishicha, bugungi kunga qadar attestatsiyada ishtirok etish uchun 243 ming 541 nafar pedagoglar onlayn ariza topshirib, ularning 202 ming nafardan ortig‘i ishtirok etishi kutilmoqda. Belgilangan mezonlar asosida 42 ta fandan uchta tilda (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) 30 mingga yaqin nazorat sinov materiallari tayyorlangan. Malaka sinovlari joriy yilning 15-aprelidan boshlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, aprel-may oylarida barcha hududlarda o‘tkaziladi.
Buning uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida joylashgan ta’lim tashkilotlari, boshqa tashkilotlarning katta sig‘imdagi binolarida kompyuter xonalari va 1 900 ta kompyuter tayyor holatga keltirildi. Attestatsiya natijalari QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga yuboriladi.

Attestatsiya natijasiga ko‘ra pedagog kadrlarning oylik ish haqlariga kiritiladigan o‘zgarishlar avtomatik tarzda hisoblab chiqarilishi uchun UzASBO yoki boshqa moliyaviy hisob-kitob dasturlariga yuboriladi.
Matbuot anjumanida 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan oliy malaka toifali o‘qituvchilarni attestatsiyaga jalb qilish, ijtimoiy tarmoqlarda pedagoglar attestatsiyasiga oid tarqalayotgan xabarlar, pedagogik mahorat bo‘yicha tushadigan testlar darajasi shuningdek, attestatsiya test sinovlari bo‘lib o‘tadigan kunlari pedagoglarga yaratib beriladigan sharoitlar xususida xalqtaliminfo.uz tahririyati rahbari Ulug‘bek Po‘latov vazirlik mas’ullaridan javob oldi.

Matbuot anjumanida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan hamkorlikda 2022-yil 2-avgustga qadar 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan oliy toifali o‘qituvchilarning yillik ish stajini qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblab chiqib, ular orasidan shu toifaga kiradigan pedagoglar ro‘yxatini shakllantirish taklifi berildi. Vazirlik mutasaddilari esa bu masalaga tez orada oydinlik kiritilishini ma’lum qildi.
Tadbir soʻnggida jurnalistlarning mavzuga oid savollariga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob berib oʻtildi.

Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
14:00 / 12.03.2026
Endi o‘qituvchilar tibbiy ko‘rigi uchun to‘lovlar davlat budjetidan qoplanadi
10:19 / 12.03.2026
O‘qituvchilarga va’da qilingan yana bir imtiyoz kuchga kirdi
15:30 / 10.03.2026
Bu yil maktablarda bahorgi ta’til 20-martdan boshlanishi mumkin
12:16 / 10.03.2026
Maktabda o‘qiydigan farzandiga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi
Mavzuga doir yangiliklar
Attestatsiya
Vazirlik attestatsiya testlarini pullayaptimi?
Tahririyatga murojaat yo‘llagan pedagoglardan birining aytishicha, o‘tgan yildan buyon alohida sinov.uz platformasi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, har bir fandan test ishlash uchun alohida narxlar belgilab qo‘yilgan.
11:34 / 06.03.2026
Maqola
“Tanaffus” podkastidagi bahs qanday oʻtdi
Tarixchilar oʻrtasidagi bahsni koʻrgach, bu haqdagi tahlillarini tanqidiy fikrlash boʻyicha mutaxassis, "Ta'lim tahlili" loyihasi eksperti Otabek Rahmonberganov ayni shu mavzuda maqola tayyorladi.
09:29 / 05.03.2026
Attestatsiya
Attestasiyada “xom ballar” asosida o‘qituvchilar haqida qaror chiqarish – shunchaki “lotereya”
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova hamda Baholash markazi direktori Dilrabo Davidovaga ochiq murojaat.
13:10 / 03.03.2026
Yangiliklar
Attestatsiya to‘lovi 10-martgacha amalga oshiriladi, biroq xatolik chiqsa, pullar qaytarilmaydi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi attestatsiya uchun to‘lovlarni amalga oshirishni 2026-yilning 10-martiga qadar uzaytirdi.
10:50 / 03.03.2026
O'zbek
Izohingizni tahrirlang