O‘qituvchi faqat yozda ta’tilga chiqishi shartmi?
15:00 / 01.05.2024
9.36k
Savol
Assalomu alaykum, 2-guruh nogironligi bo‘lgan pedagog xodim ta’tilini hozir olsa bo‘ladimi? Pedagoglar ta’tilni faqat yozda olishi shart degan talab bormi? O‘ziga qulay vaqtda ta’tilga chiqsa bo‘ladimi?
Javob
Mehnat qonunchiligida pedagog xodimlar aynan yozda ta’tilga chiqishi shart degan talab yo‘q. Ko‘pchilik MK 227-moddasi 6-qismiga chalg‘iydi.
Mehnat kodeksi 227-moddasi 6-qismiga ko‘ra, har yilgi mehnat ta’tili o‘quvchilarning yozgi ta’tili davrida beriladigan ta’lim tashkilotlarining o‘qituvchilar tarkibiga 1-ish yilidagi har yilgi mehnat ta’tili o‘quvchilarning yozgi ta’tili davrida to‘liq davomiylikda, ular ushbu ta’lim tashkilotiga ishga kirgan vaqtidan qat’i nazar, ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘langan holda beriladi.
Mehnat kodeksi 227-moddasi 6-qismiga ko‘ra, har yilgi mehnat ta’tili o‘quvchilarning yozgi ta’tili davrida beriladigan ta’lim tashkilotlarining o‘qituvchilar tarkibiga 1-ish yilidagi har yilgi mehnat ta’tili o‘quvchilarning yozgi ta’tili davrida to‘liq davomiylikda, ular ushbu ta’lim tashkilotiga ishga kirgan vaqtidan qat’i nazar, ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘langan holda beriladi.
Mazkur toifadagi xodimlarga ikki va keyingi ish yillari uchun beriladigan mehnat ta’tiliga, ushbu ta’til ish yili davomida qaysi vaqtda berilishidan qat’i nazar, to‘liq haq to‘lanadi.
Bu yerda pedagog xodim aynan yozda ta’til olsin degan shart yo‘q. Demak, yozgi ta’til davrida beriladi degan jumlaga chalg‘imaslik kerak. Gap bu yerda 1-ish yili haqida ketmoqda. “Qaysi vaqtda berilishidan qat’i nazar” jumlasiga e’tibor bering, agar ta’til faqat yozda berilishi shart bo‘lganda bu jumla ishlatilmas edi.
Buni yanada soddaroq qilib misol bilan tushuntirib o‘tamiz. Maktab o‘qituvchisi 2023-yil 4-sentabr sanasida ishga qabul qilingan, iyundan hamma pedagoglar singari bir vaqtda ta’tilga chiqmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 263-son qaroriga ko‘ra pedagog xodimning ta’tili 56 kalendar kun.
56 (ta’til kunlari)/12 (oylar soni)= 4.666... 4.666...* 9 (ishlangan oylar soni sentabr-may)= 42 kalendar kun. Bu degani, masalan, sentabrda ishga kirgan o‘qituvchi 1-ish yili uchun iyundan ya’ni yozgi ta’til davridan ta’tilga chiqdi.
Bu xodimga ta’tilni 56 kun to‘liq beramiz, ta’til pulini esa 42 kalendar kunga (ishlangan oylar soni sentabr-mayga mutanosib ravishda) to‘lanadi (xodimlarga yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili uchun haq to‘lashda yakshanba va bayram kunlari inobatga olinmaydi).
Bu xodimga ta’tilni 56 kun to‘liq beramiz, ta’til pulini esa 42 kalendar kunga (ishlangan oylar soni sentabr-mayga mutanosib ravishda) to‘lanadi (xodimlarga yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili uchun haq to‘lashda yakshanba va bayram kunlari inobatga olinmaydi).
MK 227-moddasi 3-qismi va 228-moddasi 4-qismiga ko‘ra, har yilgi mehnat ta’tili I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga ularning xohishiga ko‘ra qulay vaqtda berilishi kerak.
Ya’ni I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodim qanday kasb yoki lavozimda ekanligidan qat’i nazar, agar ta’tilni o‘ziga qulay vaqtda olishni so‘rab ariza yozsa, ish beruvchi xodimning arizasini qanoatlantirishi shart. Bu qoida 1-ish yiliga ham, 2- va keyingi ish yillari uchun tatbiq qilinadi!
Demak, nafaqat I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodim balki, MK 227-moddasi 3-qismi va 228-moddasi 4-5-qismlarida nazarda tutilgan xodimlar ham har yilgi mehnat ta’tilini o‘zlariga qulay vaqtda olishlari mumkin ekan. Ish beruvchi ularni arizasini qanoatlantirishga majbur.
Bu holatda ish beruvchi xodimga darsingni o‘tasan, ta’tilingni esa yozda olasan deyishga haqli emas, pedagog ta’tilni faqat yozda olsin degan istisnolar mavjud emas.
Mehnat huququga oid yanada ko‘proq ma’lumotlardan xabardor bo‘lish uchun ekspertimiz Muhammadamin Karimjonovning @mehnathuquqi sahifasini kuzatib boring.
Mehnat huququga oid yanada ko‘proq ma’lumotlardan xabardor bo‘lish uchun ekspertimiz Muhammadamin Karimjonovning @mehnathuquqi sahifasini kuzatib boring.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
16:20 / 30.03.2026
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi
12:36 / 30.03.2026
3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi
15:02 / 27.03.2026
Attestatsiya test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar va manzillar belgilandi
11:52 / 26.03.2026
Xususiy fan olimpiadalarini o‘tkazishga cheklov qo‘yiladimi?
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Ta’til puli kechikib tushsa, har bir kechikkan kun uchun xodimga kompensatsiya to‘lanadimi?
Pulli kompensatsiyani direktor o‘z cho‘ntagidan to'lamaydi.
23:15 / 26.06.2024
Yangiliklar
“Soatbay dars o‘tadigan pedagoglarga ham mehnat ta’tili berilishi kerak” — Saidali Muxtoraliyev
Saidali Muxtoraliyevning fikriga ko‘ra, Adliya vazirligi tomonidan qabul qilingan va soatbay haq to‘lash tartibini belgilovchi hujjat (3127-sonli) Konstitutsiya va Mehnat kodeksiga zid bo‘lib, bu pedagoglarning mehnat ta’tili olish huquqini cheklab qo‘ymoqda.
17:09 / 11.06.2025
So'ragan edingiz
Ayrim toifadagi o‘qituvchilar 60 kalendar kunlik ta’tilga chiqsa bo‘ladimi?
56 kun yillik yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili olish huquqiga ega bo‘lgan 12 yoshga to‘lmagan 2 va undan ortiq bolasi yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolasi bo‘lgan pedagog xodim MK 401-moddasidagi 4 kalendar kun ta’tilni olishga haqlimi?
00:02 / 14.05.2025
Bilasizmi?
Ish haqi saqlanmaydigan ta’til haqida nimalarni bilasiz?
Ushbu maqolada ish haqi saqlanmaydigan ta’til tushunchasi haqida so'z boradi
16:00 / 16.12.2024
O'zbek
Izohingizni tahrirlang