“Ma’naviyatchilar” uchun seminarlar davom etyapti
16:50 / 05.05.2024
2.26k
Seminar doirasida direktor o‘rinbosarlari, psixolog va sinf rahbarlari uchun ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarni olib borishlarida xizmat qiluvchi uslubiy qo‘llanmalar ham tarqatilmoqda.
Xabaringiz bor, 26-28-aprel kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etilgandi.
Seminar kaskad usulida ikki bosqichda o‘tkazilib, unda barcha umumta’lim maktablaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari qamrab olib, o‘quvchilar tarbiyasi va odob-axloqi hamda davomatini yaxshilash bo‘yicha mas’ullarning malakasini oshirish reja qilingan.
Ayni vaqtda bu kabi seminarlar respublikaning boshqa hududlrida ham tashkil qilinmoqda.
Jumladan, Sirdaryo viloyatida boʻlib oʻtgan tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining viloyati boʻlimi vakillari, Guliston davlat universiteti professorlari ishtirok etdi.
Namangan shahrida oʻtkazilayotgan seminarning ikkinchi bosqichida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi vakillari, hududdagi umumtaʼlim maktablari direktorlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari qatnashdi.
Namangan shahrida oʻtkazilayotgan seminarning ikkinchi bosqichida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi vakillari, hududdagi umumtaʼlim maktablari direktorlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari qatnashdi.
Yaxshi tomoni direktor o‘rinbosarlari, psixolog va sinf rahbarlari uchun ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarni olib borishlarida xizmat qiluvchi uslubiy qo‘llanmalar ham tayyorlandi.
Unda maktabdagi tarbiyaviy ishlarga mas’ullar uchun “Sinf soatlari”ni o‘tkazish, maktablarda tadbirlarni tashkil etish, o‘quvchilar bilan individual ish olib borish tartibi bo‘yicha ishlanmalar va namunaviy ssenariylar o‘rin olgan.
Ma’lumot uchun, hozirgi kunda ta’lim muassasalarida 14 mingdan ortiq ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, 13 mingdan ortiq psixologlar, 10 mingga yaqin chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari hamda 240 mingdan ortiq sinf rahbarlari faoliyat olib bormoqda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
01:44 / 22.12.2024
2025-yil 1-yanvardan ona tili va tarix o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama beriladi
11:04 / 19.12.2024
Maktabda qimor o‘yini tashkil qilgan direktor ishdan olindi
12:27 / 18.12.2024
Endilikda maktablar “Mening maktabim” loyihasida ovoz berish yo‘li orqali jihozlanadi
13:12 / 17.12.2024
Maktab va bog‘chalarda Yangi yil bayramini o‘tkazishga oid rasmiy ko‘rsatma berildi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Menejerlik sertifikati
Yangiliklar
Yangiliklar
Direktor yo‘qligida uning vazifasini bajargan xodimga qo‘shimcha ish haqi to‘lanadimi?
Bu direktorning qancha vaqt ishda bo‘lmasligi bilan bog‘liq
21:41 / 14.11.2024
Maktab direktori bo'lish oson bo'lmaydi
Maktab direktorlarini lavozimiga tayinlash endilikda “Direktorlar kengashi” tavsiyasiga asosan amalga oshirilib, direktorlikka nomzodlarga menejerlik sertifikatiga ega bo'lish talabi qo'yildi.
10:00 / 30.01.2024
30-avgustga qadar barcha hududlarda "Ustozlar milliy forumi" bo‘lib o‘tadi
"Avgust kengashi" deya nomlangan tadbirlar "Ustozlar milliy forumi" sifatida davom etyapti
15:49 / 16.08.2024
"Qo‘qon tajribasi" asosida butun respublika bo‘ylab seminar tashkil etish rejalashtirilmoqda
Farg‘onada 5 kunlik seminar tashkil qildi.
15:15 / 31.07.2024
Izohingizni tahrirlang