Top.Mail.Ru
Ta’lim tizimi eng ko‘p mehnat qonunchiligi buzilgan soha deb topildi

Ta’lim tizimi eng ko‘p mehnat qonunchiligi buzilgan soha deb topildi

15:00 / 12.05.2024 2.66k
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mehnat qonunchiligi qaysi sohalarda eng ko‘p buzilayotgani haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida jami 7 785 ta holatda mehnat qonunchiligi buzilishi kuzatilgan.

Vazirlik 2024-yilning yanvar-aprel oyi davomida qayd etilgan holatlarni tahlil qilgan. Bunda mehnat qonunchiligining eng ko‘p buzilishi maktablarda kuzatilgan — 5 612 ta. Undan keyingi o‘rinda maktabgacha ta’lim muassasalarida shunday qonun buzilishi holatlari ko‘p bo‘lgan — 2 173 ta.

Umumiy hosibda maktabgacha va maktab ta’limi tizimi mehnat qonunchiligi buzilishi bo‘yicha boshqa sohalarga nisbatan eng yuqori ko‘rsatgichni qayd etgan.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yilda ham mehnat qonunchiligi eng ko‘p buzilgan sohalar bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi “birinchilikni” egallagan.

Unga ko‘ra, 2023-yilda ta’lim tizimida 21 286 ta holatda mehnat qonunchiligi buzilishi kuzatilgan. Ammo bunday holatlar 2024-yilga kelib 13 501 taga qisqargan.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Mehnat huquqi

Ulashish