Top.Mail.Ru
Maktabda er va xotin direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlashi mumkinmi?

Maktabda er va xotin direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlashi mumkinmi?

16:40 / 15.07.2024 3.78k

Savol
Bir maktabda er va xotin xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari lavozimlarida ishlashlari mumkinmi?


Javob
O‘zaro yaqin qarindoshlar bir tashkilotda ishlashi taqiqlanadi. Bu haqda Mehnat kodeksining 121-moddasida nazarda tutilgan.


Unga ko‘ra:

O‘zaro yaqin qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslarning (ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotin, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo‘lishiga bog‘liq bo‘lsa taqiqlanadi.


Ammo ushbu qoidada istisnolar ham bor


Ya’ni, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qarori bilan barcha o‘quv va tarbiya muassasalaridagi pedagog xodimlar, o‘qituvchilar, bibliograflar va kutubxonachilar uchun istisnolar belgilangan.


Bu degani, yaqin qarindoshlari, masalan xodimning turmush o‘rtog‘i, o‘g‘li, qizi, maktabda pedagog xodim, o‘qituvchi, bibliograf yoki kutubxonachi bo‘lib, birga ishlashi mumkin.


Yuqoridagi holatda er – direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, xotin – direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari. Ya’ni, ular pedagog xodim emas, rahbar xodim hisoblanadi.


Bu vaziyatda ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo‘lishiga bog‘liq emas. Ya’ni, ikkisi ham maktab direktoriga bo‘ysunadi.


Agar er – maktab direktori, ayol – uning o‘rinbosari bo‘lib ishlasa, bu Mehnat kodeksiga zid bo‘lib qolardi. Ammo yuqoridagi holatda ikkisi ham o‘rinbosar.


Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, davlat tashkilotlarida, jumladan davlatga tegishli bo‘lgan maktabda er va xotin direktor o‘rinbosarlari lavozimida ishlashi mumkin. Bu Mehnat kodeksining 121-moddasiga zid emas.

Izohlar 2

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Direktor o'rinbosari
  • Mehnat huquqi

Ulashish