Top.Mail.Ru
Pedagog va rahbar xodimlar necha kun mehnat ta’tiliga chiqadi?

Pedagog va rahbar xodimlar necha kun mehnat ta’tiliga chiqadi?

16:00 / 17.05.2024 9.53k
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 263-son qarori bilan pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlari belgilangan. 

Pedagoglar toifasiga kirmaydigan xodimlar uchun 
mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlari esa Maktabgacha va maktab talimi vazirligi hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2023-yil 27-iyundagi 23-qq va 10-7 s-sonli qoshma qarori bilan tartibga solinadi.

Qonunchilik hujjatlarida ro
‘yxati keltirilmagan xodimlarning mehnat tatili Mehnat kodeksining 217-moddasiga ko‘ra 21 kalendar kunni tashkil etadi. 

Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari

  • Maktab direktori
    56 kalendar kun

  • Direktor o‘rinbosarlari (MMIBDO‘, O‘TIBDO‘, CHQBT)
    56 kalendar kun

  • Psixolog
    42 kalendar kun

  • Xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari (xo‘jalik mudiri)
    21 kalendar kun

  • Direktor maslahatchisi, maktab maslahatchisi
    56 kalendar kun

  • Katta tarbiyachi, tarbiyachi, kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachisi, tungi tarbiyachi, navbatchi tarbiyachi, tarbiyachi yordamchisi, eshitish xonasi yo‘riqchisi, to‘garak rahbari, musiqa rahbari, ta’lim ustasi
    42 kalendar kun

  • O‘qituvchilar (o‘qituvchi-logoped, o‘qituvchi-defektolog, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tarbiyachisi va katta tarbiyachisi)
    56 kalendar kun

  • Maktab hamshirasi
    44 kalendar kun

  • Kutubxona mudiri, kutubxonachi
    27 kalendar kun

  • Jismoniy tarbiya yo‘riqchisi
    27 kalendar kun

  • Kadrlar bo‘yicha menejer (inspektor)
    27 kalendar kun

  • Laborant
    27 kalendar kun

  • Tarjimon-kotiba
    27 kalendar kun

  • Haydovchi
    21 kalendar kun

  • Farrosh
    21 kalendar kun

  • Hovli supuruvchi
    21 kalendar kun

  • Bog‘bon
    21 kalendar kun

  • Qorovul
    21 kalendar kun

Izoh: Ushbu me’yorlar boshlang‘ich, umumiy o‘rta ta’lim maktablar va maktab-internatlar, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, Respublika o‘quv-tarbiya muassasalari uchun tadbiq qilinadi. 

Eslatib o‘tamiz, xodimga Mehnat kodeksining 220-moddasiga ko‘ra, har besh yil uchun davomiyligi ikki kalendar kun bo‘lgan, biroq jami sakkiz kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili ham beriladi.

Mehnat kodeksining 401-moddasiga ko‘ra, o‘n ikki yoshga to‘lmagan bolalarning yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) har yili davomiyligi kamida to‘rt kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til ham beriladi.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari

  • Direktor
42 kalendar kun

  • O‘qituvchi, o‘qituvchi-logoped, o‘qituvchi-defektolog
56 kalendar kun

  • Psixolog
42 kalendar kun

  • Tarbiyachi, tarbiyachi-metodist, musiqa rahbari
42 kalendar kun

  • Jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, xoreograf, suzish bo‘yicha yo‘riqchi, tarbiyachi yordamchisi
27 kalendar kun

Jismoniy yoki psixik va aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan hamda reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari

  • Direktor
56 kalendar kun

  • O‘qituvchi, o‘qituvchi-logoped, o‘qituvchi-defektolog
56 kalendar kun

  • Tarbiyachi, tarbiyachi-metodist, musiqa rahbari, eshitish xonasi yo‘riqchisi
56 kalendar kun

  • Psixolog
42 kalendar kun

  • Jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, xoreograf, suzish bo‘yicha yo‘riqchi, tarbiyachi yordamchisi
27 kalendar kun

Sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, Respublika olimpiya zaxiralari maktabi, Sport turlariga tayyorlash markazlari, Sport turlari bo‘yicha mahorat maktablari, Sport turlari bo‘yicha akademiyalar

  • Direktor, uning o‘rinbosarlari
27 kalendar kun

  • O‘qituvchi, harbiy tayyorgarlik rahbari
56 kalendar kun

  • Trener, tarbiyachi, psixolog
42 kalendar kun

“Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasi

  • Direktor, uning o‘rinbosarlari, tarbiyachi yordamchisi
27 kalendar kun

  • Umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish bo‘yicha pedagog xodimlar, maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish bo‘yicha tarbiyachi, defektolog, psixolog, musiqa rahbari
56 kalendar kun

Mehribonlik uylari

  • Direktor, uning o‘rinbosarlari
56 kalendar kun

  • O‘qituvchi-defektolog, o‘qituvchi-logoped, musiqa rahbari, katta tarbiyachi, tarbiyachi, jismoniy tarbiya bo‘yicha yo‘riqchi, trener-yo‘riqchi, mehnat bo‘yicha yo‘riqchi, to‘garak rahbari
56 kalendar kun

  • Psixolog
42 kalendar kun

  • Jismoniy tarbiya bilan davolovchi yo‘riqchi, suzish bo‘yicha yo‘riqchi
27 kalendar kun

Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari (Barkamol avlod bolalar maktablari, O‘quvchi yoshlar markazi)

  • Direktor, uning o‘rinbosarlari
27 kalendar kun

  • Uslubchi, to‘garak rahbarlari
42 kalendar kun

  • Tadbirlar tashkilotchisi
27 kalendar kun

Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari, Bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxirasi sport maktablari, Ixtisoslashtirilgan sport maktablari, Sport maktablari

  • Direktor, uning o‘rinbosarlari
27 kalendar kun

  • Trener (trener-o‘qituvchi)
42 kalendar kun

  • Psixolog
42 kalendar kun

  • Yo‘riqchi-uslubchi, xoreograf, musiqiy operator — akkompaniator, seleksiya bo‘yicha trener
27 kalendar kun

Bolalar musiqa va san’at maktablari

  • Direktor, uning o‘rinbosarlari
27 kalendar kun

  • O‘qituvchi, konsertmeyster
56 kalendar kun

O‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari

  • Direktor, ijrochi direktor, direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim boshligi, uslubchi
27 kalendar kun

  • O‘qituvchi, chaqiriluvgacha tayyorgarlik rahbari, jismoniy tayyorgarlik rahbari, konsertmeyster
56 kalendar kun

  • Psixolog, tarbiyachi, to‘garak rahbari
42 kalendar kun

Professional ta’lim tashkilotlari
Kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar

  • Direktor, direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim boshlig‘i, katta usta, ustaxona mudiri, uslubchi
27 kalendar kun

  • O‘qituvchi, ishlab chiqarish ta’limi ustalari, chaqiriluvgacha tayyorgarlik rahbari, jismoniy tayyorgarlik rahbari, konsertmeyster, trener-o‘qituvchi
56 kalendar kun

  • Psixolog, tarbiyachi, to‘garak rahbari
42 kalendar kun

Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari

  • Direktor, uning o‘rinbosarlari, instruktor-metodist
27 kalendar kun

  • O‘qituvchi, harbiy tayyorgarlik rahbari
56 kalendar kun

  • Trener, tarbiyachi, psixolog, sport psixologi
42 kalendar kun

Oliy ta’lim tashkilotlari

  • Rektor (direktor, ijrochi direktor)
27 kalendar kun

  • Prorektorlar (o‘rinbosarlari)
27 kalendar kun

  • Ilmiy kengashning ilmiy kotibi, oliy ta’lim muassasasi kengashi kotibi, o‘quv-uslubiy (boshqarma), ilmiy va ma’naviyat bo‘limi rahbari, uning o‘rinbosarlari, fakultet dekani va uning o‘rinbosarlari, tyutor, uslubchi
27 kalendar kun

  • Professor-o‘qituvchilar
56 kalendar kun

  • Tarbiyachi-pedagog, psixolog
42 kalendar kun

Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlari

  • Tashkilot rahbari va uning o‘rinbosarlari
27 kalendar kun

  • Fakultet dekani va uning o‘rinbosarlari, o‘quv, ilmiy va ma’naviyat bo‘limi rahbari va uning o‘rinbosarlari, uslubchi, metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limlari fan metodistlari
27 kalendar kun

  • Professor-o‘qituvchilar
56 kalendar kun

  • Psixolog
42 kalendar kun

Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari

  • Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining barcha xodimlari
    27 kalendar kun

  • Xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar
    27 kalendar kun

Izoh: Ushbu me’yorlarda keltirilgan xodimlarga yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili uchun haq to‘lashda yakshanba va bayram kunlari inobatga olinmaydi.

Mehnat ta’tili mavzusida qo‘shicha ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun Mehnat huquqi bo‘yicha mutaxassis Muhammadamin Karimjonov hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi mas’ul xodimi Lazokatxon Turikovalar ishtirokida o‘tkazilgan suhbatni batafsil ko‘rishni tavsiya qilamiz.


Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Mehnat ta'tili
  • Mehnat huquqi

Ulashish