Pedagog va rahbar xodimlar necha kun mehnat ta’tiliga chiqadi?
16:00 / 17.05.2024
9.57k
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 263-son qarori bilan pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlari belgilangan.
Pedagoglar toifasiga kirmaydigan xodimlar uchun mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlari esa Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2023-yil 27-iyundagi 23-qq va 10-7 “s”-sonli qo‘shma qarori bilan tartibga solinadi.
Qonunchilik hujjatlarida ro‘yxati keltirilmagan xodimlarning mehnat ta’tili Mehnat kodeksining 217-moddasiga ko‘ra 21 kalendar kunni tashkil etadi.
Pedagoglar toifasiga kirmaydigan xodimlar uchun mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlari esa Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2023-yil 27-iyundagi 23-qq va 10-7 “s”-sonli qo‘shma qarori bilan tartibga solinadi.
Qonunchilik hujjatlarida ro‘yxati keltirilmagan xodimlarning mehnat ta’tili Mehnat kodeksining 217-moddasiga ko‘ra 21 kalendar kunni tashkil etadi.
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari
- Maktab direktori
56 kalendar kun
- Direktor o‘rinbosarlari (MMIBDO‘, O‘TIBDO‘, CHQBT)
56 kalendar kun
- Psixolog
42 kalendar kun - Xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari (xo‘jalik mudiri)
21 kalendar kun
- Direktor maslahatchisi, maktab maslahatchisi
56 kalendar kun
- Katta tarbiyachi, tarbiyachi, kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachisi, tungi tarbiyachi, navbatchi tarbiyachi, tarbiyachi yordamchisi, eshitish xonasi yo‘riqchisi, to‘garak rahbari, musiqa rahbari, ta’lim ustasi
42 kalendar kun - O‘qituvchilar (o‘qituvchi-logoped, o‘qituvchi-defektolog, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tarbiyachisi va katta tarbiyachisi)
56 kalendar kun - Maktab hamshirasi
44 kalendar kun - Kutubxona mudiri, kutubxonachi
27 kalendar kun - Jismoniy tarbiya yo‘riqchisi
27 kalendar kun - Kadrlar bo‘yicha menejer (inspektor)
27 kalendar kun - Laborant
27 kalendar kun - Tarjimon-kotiba
27 kalendar kun - Haydovchi
21 kalendar kun - Farrosh
21 kalendar kun - Hovli supuruvchi
21 kalendar kun - Bog‘bon
21 kalendar kun - Qorovul
21 kalendar kun
Izoh: Ushbu me’yorlar boshlang‘ich, umumiy o‘rta ta’lim maktablar va maktab-internatlar, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, Respublika o‘quv-tarbiya muassasalari uchun tadbiq qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, xodimga Mehnat kodeksining 220-moddasiga ko‘ra, har besh yil uchun davomiyligi ikki kalendar kun bo‘lgan, biroq jami sakkiz kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili ham beriladi.
Mehnat kodeksining 401-moddasiga ko‘ra, o‘n ikki yoshga to‘lmagan bolalarning yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) har yili davomiyligi kamida to‘rt kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til ham beriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari
- Direktor
42 kalendar kun
- O‘qituvchi, o‘qituvchi-logoped, o‘qituvchi-defektolog
56 kalendar kun
- Psixolog
42 kalendar kun
- Tarbiyachi, tarbiyachi-metodist, musiqa rahbari
42 kalendar kun
- Jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, xoreograf, suzish bo‘yicha yo‘riqchi, tarbiyachi yordamchisi
27 kalendar kun
Jismoniy yoki psixik va aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan hamda reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari
- Direktor
56 kalendar kun
- O‘qituvchi, o‘qituvchi-logoped, o‘qituvchi-defektolog
56 kalendar kun
- Tarbiyachi, tarbiyachi-metodist, musiqa rahbari, eshitish xonasi yo‘riqchisi
56 kalendar kun
- Psixolog
42 kalendar kun
- Jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, xoreograf, suzish bo‘yicha yo‘riqchi, tarbiyachi yordamchisi
27 kalendar kun
Sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, Respublika olimpiya zaxiralari maktabi, Sport turlariga tayyorlash markazlari, Sport turlari bo‘yicha mahorat maktablari, Sport turlari bo‘yicha akademiyalar
- Direktor, uning o‘rinbosarlari
27 kalendar kun
- O‘qituvchi, harbiy tayyorgarlik rahbari
56 kalendar kun
- Trener, tarbiyachi, psixolog
42 kalendar kun
“Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasi
- Direktor, uning o‘rinbosarlari, tarbiyachi yordamchisi
27 kalendar kun
- Umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish bo‘yicha pedagog xodimlar, maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish bo‘yicha tarbiyachi, defektolog, psixolog, musiqa rahbari
56 kalendar kun
Mehribonlik uylari
- Direktor, uning o‘rinbosarlari
56 kalendar kun
- O‘qituvchi-defektolog, o‘qituvchi-logoped, musiqa rahbari, katta tarbiyachi, tarbiyachi, jismoniy tarbiya bo‘yicha yo‘riqchi, trener-yo‘riqchi, mehnat bo‘yicha yo‘riqchi, to‘garak rahbari
56 kalendar kun
- Psixolog
42 kalendar kun
- Jismoniy tarbiya bilan davolovchi yo‘riqchi, suzish bo‘yicha yo‘riqchi
27 kalendar kun
Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari (Barkamol avlod bolalar maktablari, O‘quvchi yoshlar markazi)
- Direktor, uning o‘rinbosarlari
27 kalendar kun
- Uslubchi, to‘garak rahbarlari
42 kalendar kun
- Tadbirlar tashkilotchisi
27 kalendar kun
Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari, Bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxirasi sport maktablari, Ixtisoslashtirilgan sport maktablari, Sport maktablari
- Direktor, uning o‘rinbosarlari
27 kalendar kun
- Trener (trener-o‘qituvchi)
42 kalendar kun
- Psixolog
42 kalendar kun
- Yo‘riqchi-uslubchi, xoreograf, musiqiy operator — akkompaniator, seleksiya bo‘yicha trener
27 kalendar kun
Bolalar musiqa va san’at maktablari
- Direktor, uning o‘rinbosarlari
27 kalendar kun
- O‘qituvchi, konsertmeyster
56 kalendar kun
O‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari
- Direktor, ijrochi direktor, direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim boshligi, uslubchi
27 kalendar kun
- O‘qituvchi, chaqiriluvgacha tayyorgarlik rahbari, jismoniy tayyorgarlik rahbari, konsertmeyster
56 kalendar kun
- Psixolog, tarbiyachi, to‘garak rahbari
42 kalendar kun
Professional ta’lim tashkilotlari
Kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar
- Direktor, direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim boshlig‘i, katta usta, ustaxona mudiri, uslubchi
27 kalendar kun
- O‘qituvchi, ishlab chiqarish ta’limi ustalari, chaqiriluvgacha tayyorgarlik rahbari, jismoniy tayyorgarlik rahbari, konsertmeyster, trener-o‘qituvchi
56 kalendar kun
- Psixolog, tarbiyachi, to‘garak rahbari
42 kalendar kun
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari
- Direktor, uning o‘rinbosarlari, instruktor-metodist
27 kalendar kun
- O‘qituvchi, harbiy tayyorgarlik rahbari
56 kalendar kun
- Trener, tarbiyachi, psixolog, sport psixologi
42 kalendar kun
Oliy ta’lim tashkilotlari
- Rektor (direktor, ijrochi direktor)
27 kalendar kun
- Prorektorlar (o‘rinbosarlari)
27 kalendar kun
- Ilmiy kengashning ilmiy kotibi, oliy ta’lim muassasasi kengashi kotibi, o‘quv-uslubiy (boshqarma), ilmiy va ma’naviyat bo‘limi rahbari, uning o‘rinbosarlari, fakultet dekani va uning o‘rinbosarlari, tyutor, uslubchi
27 kalendar kun
- Professor-o‘qituvchilar
56 kalendar kun
- Tarbiyachi-pedagog, psixolog
42 kalendar kun
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlari
- Tashkilot rahbari va uning o‘rinbosarlari
27 kalendar kun
- Fakultet dekani va uning o‘rinbosarlari, o‘quv, ilmiy va ma’naviyat bo‘limi rahbari va uning o‘rinbosarlari, uslubchi, metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limlari fan metodistlari
27 kalendar kun
- Professor-o‘qituvchilar
56 kalendar kun
- Psixolog
42 kalendar kun
Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari
- Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining barcha xodimlari
27 kalendar kun - Xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar
27 kalendar kun
Izoh: Ushbu me’yorlarda keltirilgan xodimlarga yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili uchun haq to‘lashda yakshanba va bayram kunlari inobatga olinmaydi.
Mehnat ta’tili mavzusida qo‘shicha ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun Mehnat huquqi bo‘yicha mutaxassis Muhammadamin Karimjonov hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi mas’ul xodimi Lazokatxon Turikovalar ishtirokida o‘tkazilgan suhbatni batafsil ko‘rishni tavsiya qilamiz.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
08:48 / 17.09.2024
Rossiyada o‘quvchi bolg‘a bilan o‘qituvchisi va sinfdoshlariga hujum qildi
10:00 / 16.09.2024
“Huquq” fani o‘qituvchilari 2026-yil yakunigacha bepul qayta tayyorlovdan o‘tkaziladi
18:06 / 13.09.2024
Vazirlikdagi ayrim rahbar xodimlarining tadbirkorlik qilishi ma’lum bo‘ldi
09:53 / 13.09.2024
16-sentyabrdan fan olimpiadalari boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Bilasizmi?
Bilasizmi?
Yangiliklar
So'ragan edingiz
Shtatlar qisqarganda ham ayrim toifadagi xodimlarni ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi
Bu jinoiy javobgarlikka ham sabab bo‘lishi mumkin
15:06 / 16.09.2024
Qisqarishga tushgan psixolog, kutubxonachi hamda laborantlar endi qanday harakat qilishi kerak?
Qisqarishga tushayotgan xodimlar uchun mehnat qonunchiligida qanday imtiyoz va kafolatlar bor?
10:19 / 09.09.2024
O'zbekistonda “Ta’lim kodeksi”ni qabul qilish taklifi berildi
Bu taklifni vazir Hilola Umarova ham qo'llab-quvvatladi
15:32 / 29.08.2024
Maktabda er va xotin direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlashi mumkinmi?
Bu Mehnat kodeksining 121-moddasida nazarda tutilgan.
16:40 / 15.07.2024
Izohingizni tahrirlang