Endi fan olimpiadasi g‘oliblari uchun to‘lanadigan pullardan daromad solig‘i olinmaydi

Respublika va xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar, ularning o‘qituvchilari va terma jamoa rahbarlariga to‘lanadigan pul mukofotlari hamda sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etiladi.
Kuni-kecha, Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’limga oid takliflar taqdimoti bilan tanishish chog‘ida iqtidorli yoshlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari mavzusi ham ham muhokama qilindi.
Unda mukofotlanadigan olimpiadalar soni 28 taga oshirilishi hamda respublika va xalqaro fan olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar, ularning o‘qituvchilari va terma jamoa rahbarlariga to‘lanadigan pul mukofotlari hamda sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etilishi qayd etildi.
Hozirgi kunda xalqaro olimpiadalar g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari BHMning quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
- 1-o‘rin (oltin medal) uchun — 500 baravari (170 mln so‘m);
- O‘qituvchisiga — 450 baravari (153 mln so‘m);
- 2-o‘rin (kumush medal) uchun — 300 baravar (102 mln so‘m);
- O‘qituvchisiga — 250 baravari (85 mln so‘m);
- 3-o‘rin (bronza medal) uchun — 200 baravar (68 mln so‘m);
- O‘qituvchisiga — 150 baravari (51 mln so‘m).
Asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari BHMning quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
- 1-o‘rin uchun — 50 baravari (17 mln so‘m);
- 2-o‘rin uchun — 35 baravari (11 mln 900 ming so‘m);
- 3-o‘rin uchun — 30 baravari (10 mln 200 ming so‘m).
Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari quyidagicha daromad solig‘i to‘lashiga to‘g‘ri kelardi:
- 1-o‘rin (oltin medal) uchun — 20 mln 400 ming so‘m);
- O‘qituvchisi — 18 mln 360 ming so‘m;
- 2-o‘rin (kumush medal) uchun — 12 mln 240 ming so‘m;
- O‘qituvchisi — 10 mln 200 ming so‘m;
- 3-o‘rin (bronza medal) uchun — 8 mln 160 ming so‘m;
- O‘qituvchisi — 6 mln 120 ming so‘m.
Asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari quyidagicha daromad solig‘i to‘lashiga to‘g‘ri kelardi:
- 1-o‘rin uchun — 2 mln 40 ming so‘m;
- 2-o‘rin uchun — 1 mln 428 ming so‘m;
- 3-o‘rin uchun — 1 mln 224 ming so‘m.
Endilikda, ushbu summalar ham g‘oliblarning o‘zida qoladigan bo‘ldi. Ya’ni, respublika va xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar, ularning o‘qituvchilari va terma jamoa rahbarlariga to‘lanadigan har qanday pul mukofotlari hamda sovg‘alar daromad solig‘idan butunlay ozod etilmoqda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Bir guruh o‘qituvchilar vazirlikni sudga berdi

Informatika fani o‘qituvchilari sun’iy intellekt ta’lim dasturi asosida o‘qitiladi

Barcha hududiy boshqarma boshliqlariga BYD avtomobili berildi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati tarkibida o‘zgarishlar bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar

Fan olimpiadalaridan 2 oylik natija - 110 ta medal
Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

O‘quvchilar uchun yangi olimpiada tashkil etilib, g‘oliblar grant asosida o‘qishga qabul qilinadi
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni imzolandi.

Pedagoglarga ustama belgilashda inobatga olinadigan tadbirlar ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritildi
Аl-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (science) olimpiadasining tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya) yo‘nalishida o‘quvchilar natijaga erishgan taqdirda ham pedagog xodimlarga ustama uchun ball bermaslikka to‘g‘ri kelib qolgandi.

Al-Xorazmiy olimpiadasi natijalari ustamaga ta’sir qiladimi?
Yaqinda o‘tkazilgan Аl-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar (science) olimpiadasidagi o‘quvchilarning natijalari o‘qituvchiga ustama uchun ball berishda hisobga olinadimi?
Izohingizni tahrirlang