Top.Mail.Ru
Ertadan boshlab maktab maslahatchisi lavozimi uchun suhbat jarayonlari boshlanadi

Ertadan boshlab maktab maslahatchisi lavozimi uchun suhbat jarayonlari boshlanadi

15:03 / 11.02.2026 2.21k

Joriy yilning 12-fevral kunidan boshlab “Kelajak” markazlarining umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi maktab maslahatchisi lavozimi uchun suhbat jarayonlari o‘tkaziladi. Bu haqda Respublika Kelajak markazi ma’lum qildi.


Talabgorlar tanlov.uzedu.uz platformasi orqali shaxsiy kabinetidan suhbat jarayonlarining kuni va vaqti bilan tanishishi mumkin.



Tanlovning suhbat bosqichida nomzodlarning


  • o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, kasbga yo‘naltirish, oliygohlarga yo‘naltirish, loyiha, trening va tarmoq to‘garaklarini tashkil etish, sohaga doir istiqboldagi rejalari va muammoli vaziyatlarda qaror qabul qilish va ijtimoiy-madaniy ko‘nikmalari baholanadi;


  • suhbat bosqichida talabgorlarga 5 ta savoldan iborat bilet tanlash imkoni beriladi va unga tayyorlanish uchun 10 daqiqa vaqt ajratiladi (zarurat tug‘ilsa, suhbat davomida qo‘shimcha savollar berilishi mumkin).


Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16-17-yanvar kunlari “Kelajak” markazlarining umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi maktab maslahatchisi lavozimi uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadi.


Maktab maslahatchisi lavozimi, ishga kirish tartibi va suhbat bosqichlari haqida to‘liq ma’lumotni “Ta’lim tahlili” ko‘rsatuvining 2-sonini tomosha qilib, bilib olishingiz mumkin.


Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Maktab maslahatchisi

Ulashish