Barcha direktor o‘rinbosarlarini ishdan bo‘shatishyapti, shu to‘g‘rimi?

Savol
Men Andijon viloyatidan yozyapman. Bizning maktabda 2 ta butun “ma’naviyatchi” bor. Sherigim yangi shtat kelayotgani munosabati bilan ishdan bo‘shatildi.
Endi menga ham buyruq chiqarmish. Direktorimiz hamma “ma’naviyatchi” ishdan bo‘shatiladi, deb yuribdi. Shu to‘g‘rimi?
Javob
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 1 shtat birligida maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinishi belgilangan.
Bunda 2025-yil 1-oktyabrdan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimini har bir umumiy o‘rta ta’lim tashkilotiga 1 ta shtat birligida ajratish hisobiga bo‘shaydigan 3 400 ta shtat birliklari hisobiga maktab maslahatchisi lavozimi shtat birligi joriy qilinishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 30-sentyabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 368-sonli buyrug‘i ham imzolanib, unda 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladigan maktablar ro‘yxati, maktab maslahatchisi lavozimiga mutaxassislarni ishga qabul qilish bo‘yicha Ishchi guruh tarkibi hamda maslahatchilarning malaka tavsifi tasdiqlangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, qoida bo‘yicha ta’lim muassasalaridagi faqatgina 1 shtat birligidan ortiq bo‘lgan direktor o‘rinbosarlari lavozimi qisqartiriladi.
Ya’ni, respublikadagi barcha maktablarda faqatgina 1 shtat birligida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari faoliyat yuritadi. Shu sababli, ta’lim muassasalaridagi barcha direktor o‘rinbosarlarini ishdan bo‘shatish qonunchilikka zid.
Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mulozimining xalqtaliminfo.uz'ga bergan ma’lumotlarga ko‘ra, maktab maslahatchisi lavozimi 2025-yil 1-oktyabrdan emas, balki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori imzolangach, 2025-yil dekabr oyiga qadar bosqichma-bosqich joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda.
Shunday ekan, hozirgi vaqtda nafaqat barcha o‘rinbosarlarni, hatto qisqartirishga tushgan direktor o‘rinbosarlarini ham ishdan bo‘shatish noto‘g‘ri amaliyot hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2025-yil 30-sentyabr kuni imzolangan maktab maslahatchisi lavozimini joriy etish tartibi haqidagi 368-sonli buyruq “Ijro.gov.uz” - ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimidan o‘chirib yuborilgan.
Saytda e’lon qilingan materiallardan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
Izohlar 4
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

O‘qituvchilarni xorijga malaka oshirishga yuborish jarayoni boshlandi

Sanitariya talablari buzilgani uchun ayrim xususiy bog‘chalar yopildi

Jizzaxdagi bog‘chada zaharlangan bolalardan 4 nafari shifoxonada qolmoqda

Vazirlik attestatsiya bo‘yicha yana bir sud ishida javobgar sifatida ishtirok etadigan bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar

Direktor o‘rinbosari shtatini qisqartirish hisobiga maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi
Avvalroq har bir maktabda maslahatchi lavozimi joriy qilinishi haqida xabar bergandik. Ushbu lavozimni joriy etish haqidagi prezident farmoni imzolandi.

Maktab maslahatchisi lavozimini joriy etish muddati kechiktirilishi mumkin
Maktab maslahatchisi lavozimi 2025-yil 1-oktyabrdan emas, balki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori imzolangach joriy qilinadi.

Shtatlar qisqarganda ham ayrim toifadagi xodimlarni ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi
Ko‘pchilik qisqarishga tushayotgan xodimlar uchun mehnat qonunchiligida qanday imtiyoz va kafolatlar borligi haqida to‘liq ma’lumotga ega emas.

Kimlar maktab maslahatchisi sifatida ishga olinishi aniq bo‘ldi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 30-sentyabrdagi 368-sonli buyrug‘i bilan maktab maslahatchilarining malaka tavsiflari tasdiqlandi.
Izohingizni tahrirlang