Ertadan boshlab maktab maslahatchisi lavozimi uchun suhbat jarayonlari boshlanadi
Joriy yilning 12-fevral kunidan boshlab “Kelajak” markazlarining umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi maktab maslahatchisi lavozimi uchun suhbat jarayonlari o‘tkaziladi. Bu haqda Respublika “Kelajak” markazi ma’lum qildi.
Talabgorlar tanlov.uzedu.uz platformasi orqali shaxsiy kabinetidan suhbat jarayonlarining kuni va vaqti bilan tanishishi mumkin.
Tanlovning suhbat bosqichida nomzodlarning
- o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, kasbga yo‘naltirish, oliygohlarga yo‘naltirish, loyiha, trening va tarmoq to‘garaklarini tashkil etish, sohaga doir istiqboldagi rejalari va muammoli vaziyatlarda qaror qabul qilish va ijtimoiy-madaniy ko‘nikmalari baholanadi;
- suhbat bosqichida talabgorlarga 5 ta savoldan iborat bilet tanlash imkoni beriladi va unga tayyorlanish uchun 10 daqiqa vaqt ajratiladi (zarurat tug‘ilsa, suhbat davomida qo‘shimcha savollar berilishi mumkin).
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16-17-yanvar kunlari “Kelajak” markazlarining umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi maktab maslahatchisi lavozimi uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadi.
Maktab maslahatchisi lavozimi, ishga kirish tartibi va suhbat bosqichlari haqida to‘liq ma’lumotni “Ta’lim tahlili” ko‘rsatuvining 2-sonini tomosha qilib, bilib olishingiz mumkin.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Yangi o‘quv yilidan Navoiyda sun’iy intellektga ixtisoslashgan sinflar ochilishi mumkin
Ba’zi bolalar 12 yillik ta’limda, ba’zilari 11 yillik ta’limda o‘qiydimi?
Samarqandda noqonuniy diniy ta’lim berish holati aniqlandi
Vazir E’zoza Karimova birinchi marta prezidentga taqdimot qildi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Maktab maslahatchisi lavozimiga qachon yangi vakansiyalar ochiladi?
Men maktab maslahatchisi lavozimiga ishga o‘tmoqchi edim. Lekin ariza topshirishga ulgurmay qolgandim. Endi nima qilsam bo‘ladi?
Yangiliklar
Bugundan maktab maslahatchisi lavozimi uchun test sinovlari boshlandi
Joriy yilning 16-17-yanvar kunlari “Kelajak” markazlarining umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi maktab maslahatchisi lavozimi uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar
Maslahatchi lavozimi kichik maktablarda 0.5 stavka miqdorda tashkil qilinadi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 431-sonli buyrug‘i bilan Xalq ta’limi vazirligining 2019-yil 28-dekabrdagi 406-sonli buyrug‘i qayta tahrirlandi.
So'ragan edingiz
Barcha direktor o‘rinbosarlarini ishdan bo‘shatishyapti, shu to‘g‘rimi?
Ta’lim muassasalaridagi barcha direktor o‘rinbosarlarini ishdan bo‘shatish qonunchilikka zid.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang