Top.Mail.Ru
Endilikda har yili maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Volleyball stars” O‘zbekiston kubogi musobaqasi o‘tkaziladi

Endilikda har yili maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Volleyball stars” O‘zbekiston kubogi musobaqasi o‘tkaziladi

14:43 / 23.07.2024 1.16k

“Voleybol sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-274-son, 19.07.2024 y.) qabul qilindi.


Qaror bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Volleyball stars” O‘zbekiston kubogi musobaqasi o‘tkazilishi belgilandi.


Shuningdek, qarorga ko‘ra, 2025-yildan har yili an’anaviy tarzda quyidagilar o‘tkazib boriladi:


  • vazirlik va idoralar xodimlari o‘rtasida 3 bosqichli (tuman (shahar) – viloyat – respublika) voleybol sport turlari bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston” respublika musobaqasi;


  • umumiy o‘rta ta’lim muassasalari yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida 3 bosqichli Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi kubogi;


  • nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida para voleybol sport musobaqalari.


  • 2025-yildan har ikki yilda bir marta voleybol bo‘yicha Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasi (CAVA)ga a’zo davlatlar o‘rtasida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro turniri o‘tkazib boriladi.


Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati Voleybol sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internati sifatida qayta tashkil etiladi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Jismoniy tarbiya

Ulashish