Top.Mail.Ru
Bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan shaxs qamoqqa olindi

Bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan shaxs qamoqqa olindi

15:52 / 27.08.2024 723

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida bolalarga noqonuniy diniy saboq berib kelgan shaxs qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.


Ma’lum bo‘lishicha, 1988-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti o‘rta bo‘lgan shaxs oyiga 500 ming so‘mdan 1 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda pul evaziga uyida 11 nafar voyaga yetmagan bolalarga hujra sharoitida turli diniy adabiyotlardan foydalanib, noqonuniy diniy saboq berib kelgan.


Holat yuzasidan ayblanuvchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-moddasi (Transport vositalaridan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanish) tartibida hujjatlar rasmiylashtirilib, 10 sutka qamoq jazosi qo‘llanildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq farzandini diniy hujraga bergan ota-onalarga ham alohida javobgarlik belgilangandi.


Izohlar 1

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Javobgarlik
  • Diniy ta'lim

Ulashish