Bog'chalarda fransuz tili o'qitiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘zbekistondagi bog‘chalarda 5-6 yoshli bolalar uchun Fransiyaning innovatsion Kokoro lingua platformasi yordamida fransuz tilini o‘qitish va ustozlar malakasini oshirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishdi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Fransiyada bo‘lib o‘tgan Xalqaro Frankofoniya tashkilotining 19-sammitida ishtirok etdi. Mazkur sammit doirasida vazir Hilola Umarova va Kokoro Lingua kompaniyasi asoschisi Natali Lasslet o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda tomonlar O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 5-6 yoshli bolalar uchun innovatsion Kokoro lingua platformasi yordamida bolalarga fransuz tilini o‘rgatish masalalarini muhokama qilishdi.
Muhokamalar yakunida kelgusi bir yil davomida 12 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bepul tarzda fransuz tilini o‘qitish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Ma’lumot uchun: Kokoro lingua - bolalar uchun til o‘rgatish bo‘yicha innovatsion xalqaro kompaniya hisoblanadi.
Uchrashuvlar davomida vazir Hilola Umarova France Education International tashkiloti Bosh direktori Olivye Brandui bilan ham uchrashdi.
Unda fransuz tomoni bilan O‘zbekistondagi fransuz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish va trener o‘qituvchilarini tayyorlash, o‘qituvchilar almashuv dasturini joriy qilish hamda O‘zbekistonda fransuz tili testlarini (DELF junior, DALF) joriy qilish masalalari yuzasidan kelishuvga erishildi.
Ma’lumot uchun: France Education International 1945-yilda tashkil topgan bo‘lib, tashkilotning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri til bo‘yicha sertifikatlash va testlar tuzishdan iborat.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Barcha hududiy boshqarma boshliqlariga BYD avtomobili berildi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati tarkibida o‘zgarishlar bo‘ldi

Toshkentdagi 3 ta maktabga 1 milliardga yaqin pul ajratildi

Xalq ta’limi Info tahriryati rahbari Bolalar ombudsmani bilan uchrashdi
Mavzuga doir yangiliklar

O‘zbekiston ilk bor Polsha Ta’lim vazirligi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Polsha Respublikasi Ta’lim vaziri Barbara Novaskaya bilan uchrashdi.

Attestatsiyada yuqori ball olgan “informatiklar” Koreyada malaka oshiradi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov Janubiy Koreya Respublikasi Seul ta’lim departamentining “KLIC Training Program” loyihasi ishtirokchilari bilan uchrashdi.

Oʻqituvchilar malakasini oshirish uchun grantlar ajratiladi
O‘zbekiston hamda Italiya o‘rtasida maktabgacha ta’lim, o‘qituvchi va o‘quvchilar almashinuvi hamda olimpiadalar bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishildi.

Vazir Hilola Umarovaga kambag‘allik yuqori 1 mingta mahallada bog‘cha ochish vazifasi yuklatildi
Kambag‘al oila farzandlariga bog‘cha to‘lovi qisman qoplab beriladi
Izohingizni tahrirlang