Soxta sertifikatdan foydalangan peadgoglar javobgarlikka tortilishi mumkin
Ma’lumki, o‘qituvchilarni qo‘shimcha rag‘batlantirish maqsadida umumta’lim fanlari bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama to‘lash tizimi joriy qilingan. Undan tashqari malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga ham qo‘shimcha haq to‘lab boriladi.
Malaka toifasi uchun haq to‘lashda esa, mazkur toifani olganlik to‘g‘risidagi sertifikat asos bo‘ladi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimi Sardor Rahimboyevning xalqtaliminfo.uz'ga ma’lum qilishicha, hozirgi turli xil sertifikatlarni soxtalashtirayotgan o‘qituvchilar ham uchrab turibdi.
“Avval tizimga kiritilmagan malaka toifasi sertifikatlarini platformaga kiritish jarayonida ayrim qalbaki sertifikatlarga ham duch kelmoqdamiz. Ming afsuski, pedagoglarimiz orasida boshqa bir o‘qituvchining sertifikatini qalbakilashtirib, turli xil dasturlar orqali o‘zining nomiga rasmiylashtirib olganlar ham uchrab turibdi.
Bu harakatlari bilan ayrim pedagoglarimiz o‘zlarini noqulay ahvolga solib qo‘ymoqda. Chunki, tizimga joylangan sertifikatlarni platformaga qayta yuklanganida, u qalbaki sertifikat ekanligi ma’lum bo‘lib qoladi. Ya’ni, platformaga qalbaki sertifikatni joylashning imkoni yo‘q.
Barchasi mukammal tarzda ishlab chiqilgan. Ayrim o‘qituvchilar esa, bila turib qalbaki sertifikatni olib kelib, mening sertifikatim “ERP bazasi”dan chiqmayapti deb, uyalmay shikoyat qilmoqda”, - deydi Sardor Rahimboyev.
Ayrim hollarda “uddaburon” shaxslar tomonidan mazkur sertifikatlarni soxtalashtirib, o‘qituvchilarga ma’lum bir mablag‘ evaziga pullash holatlariga ham guvoh bo‘lishimiz mumkin.
Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Shuni unutmaslik lozimki, o‘qituvchilar tomonidan taqdim etilgan sertifikatlarning haqqoniyligiga sertifikat egasi shaxsan mas’ul hisoblanadi.
Agar qalbaki sertifikatlar aniqlanadigan bo‘lsa, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasiga asosan sudga murojaat qilishi va aybi isbotlangan holatda eng kamida ushbu xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilishi mumkin.
Muhim eslatma: Jinoyat kodeksining 228-moddasiga ko‘ra, hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, ya’ni 18 mln 750 ming so‘mdan - 37 mln 500 ming so‘mgacha jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalanish — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha, ya’ni 9 mln 375 ming so‘mdan - 18 mln 750 ming so‘mgacha jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
Rahbar xodimlarning oylik maoshi yana ikki barobarga oshiriladi
Pedagog xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 5 kun, o‘quvchilar esa 14 kun dam oladi
Vazir Hilola Umarova 2025-yil rejalarini Prezidentga taqdimot qilib berdi
2025-yil 1-yanvardan ona tili va tarix o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama beriladi
Mavzuga doir yangiliklar
Maktab hududi va binosida o‘quvchilarga aloqasi bo‘lmagan bayram tadbirlarini o‘tkazish mumkin emas
Bu bo‘yicha bir qancha taqiqlar mavjud
Maktabda qimor o‘yini tashkil qilgan direktor ishdan olindi
Holat reyd tadbiri davomida aniqlangan
O‘qituvchi sababsiz 3 kun ishga kelmasa, unga qanday jazo chorasini qo‘llash mumkin?
Bunday xodimga qanday jazo qo‘llasa bo‘ladi?
Bir maktabning o‘zida 54 ta jinoyat sodir etilgani aytildi
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari gapirib bergan
Izohingizni tahrirlang