Respublikadagi 71 ta kollej binosi maktab va bog‘chalar uchun berildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-sentyabr kuni kasbiy ta’limni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishish chog‘ida professional ta’lim tizimi tabaqalashganligi va dasturlari o‘rtasida uzviylik bo‘lmagani sababli mavjud quvvatlardan unumli foydalana olmayotganini aytgandi.
Joriy yil 16-oktyabrda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-158-son Farmoni imzolanib, negizida maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari tashkil etiladigan kasbiy ta’lim tashkilotlari ro‘yxati tasdiqlandi. Ushbu kollejlar binosi maktablarga aylantirilishi hisobiga 42 mingta yangi o‘quvchi o‘rni yaratiladi.
Quyidagi kollej binolari maktab va bog‘chalar uchun berildi:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Qonliko‘l pedagogika kolleji*
Chimboy pedagogika kolleji
Qo‘ng‘irot kimyo sanoati kolleji
Xo‘jayli pedagogika kolleji
Beruniy pedagogika kolleji
- Andijon viloyati
Xonobod pedagogika kolleji
Baliqchi pedagogika kolleji
Buloqboshi pedagogika kolleji*
Jalaquduq pedagogika kolleji*
Marhamat pedagogika kolleji
Paxtaobod pedagogika kolleji*
Xo‘jaobod pedagogika kolleji
Shahrixon pedagogika kolleji
Qo‘rg‘ontepa pedagogika kolleji
- Buxoro viloyati
Vobkent pedagogika kolleji
Jondor pedagogika kolleji
Shofirkon pedagogika kolleji
G‘ijduvon pedagogika kolleji
- Jizzax viloyati
Baxmal pedagogika kolleji
Baxmal 2-son pedagogika kolleji
- Qashqadaryo viloyati
Qamashi pedagogika kolleji
Ko‘kdala (Chiroqchi) pedagogika kolleji
Nishon energetika kolleji
Dehqonobod kimyo sanoati kolleji
Miraki pedagogika kolleji
- Namangan viloyati
Namangan arxitektura va qurilish texnikumi
Chust pedagogika kolleji**
Pop pedagogika kolleji
To‘raqo‘rg‘on pedagogika kolleji
Yangiqo‘rg‘on pedagogika kolleji
Uychi pedagogika kolleji
Uchqo‘rg‘on pedagogika kolleji
Norin pedagogika kolleji**
Mingbuloq pedagogika kolleji
Namangan pedagogika kolleji
- Samarqand viloyati
Bulung‘ur pedagogika kolleji*
Qo‘shrabot pedagogika kolleji**
Kattaqo‘rg‘on tuman pedagogika kolleji
Ishtixon pedagogika kolleji
Jomboy agrotexnologiyalar texnikumi
Paxtachi pedagogika kolleji
Pastdarg‘om pedagogika kolleji
Nurobod pedagogika kolleji
Oqdaryo pedagogika kolleji**
Urgut pedagogika kolleji
Urgut veterinariya meditsinasi texnikumi
- Surxondaryo viloyati
Muzrabot pedagogika kolleji
Oltinsoy pedagogika kolleji
Sariosiyo pedagogika kolleji
Uzun pedagogika kolleji**
Sherobod pedagogika kolleji
Qiziriq pedagogika kolleji
Qumqo‘rg‘on pedagogika kolleji**
- Toshkent viloyati
Ohangaron pedagogika kolleji*
Parkent pedagogika kolleji***
Toshkent viloyati pedagogika kolleji
Yuqori Chirchiq pedagogika kolleji*
- Farg‘ona viloyati
Farg‘ona pedagogika kolleji
Quvasoy pedagogika kolleji
Bag‘dod pedagogika kolleji
Buvayda pedagogika kolleji
Quva pedagogika kolleji
Oltiariq pedagogika kolleji
Qo‘shtepa pedagogika kolleji**
Rishton pedagogika kolleji
O‘zbekiston tumani pedagogika kolleji
Furqat pedagogika kolleji
Marg‘ilon ko‘p tarmoqli texnikumi
- Xorazm viloyati
Hazorasp pedagogika kolleji**
Yangibozor pedagogika kolleji**
Xiva xizmat ko‘rsatish va servis texnikumi.
Izoh:
* Ushbu kollej negizida ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etiladi;
** Ushbu kollej negizida maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etiladi;
*** Ushbu kollej negizida “Barkamol avlod” bolalar maktabi tashkil etiladi.
Izohingizni tahrirlang