Bosh vazir Harakat dasturida ta’lim sohasiga ham to‘xtalib o‘tdi
Abdulla Aripov Vazirlar Mahkamasining 2030-yilgacha bo‘lgan Harakat dasturini taqdim etdi. Unda ta’lim sohasida amalga oshiriladigan ishlar ham sanab o‘tilgan. “Gazeta.uz” nashri hukumat rahbarining nutqidagi asosiy tezislarni keltirdi.
“Hukumatni chinakam xalq xizmatchisiga aylantirish, oddiy insonlarning muammolarini hal etish — faoliyatimizning asosiy mezoni”, — dedi u.
2025-yilda davlat budjetidan 4 trillion so‘mga 553 ta maktab va bog‘cha, xalqaro moliya tashkilotlari hisobidan yana 252 ta bog‘chani rekonstruksiya qilish va qurish rejalashtirilgan.
Maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan bolalar ulushi 80 foizga yetkaziladi.
Maktab va bog‘chalarni toza ichimlik suvi va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan ta’minlash uchun respublika budjetidan har yili 100 milliard so‘m ajratiladi.
Umumta’lim maktablarida oliy ma’lumotli o‘qituvchilar ulushi 95 foizga yetkaziladi.
Maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha, shu jumladan, malaka oshirish tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlashning yagona uzluksiz tizimi yaratiladi.
Kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarni optimallashtirish orqali ular negizida texnikum ochiladi.
Maktablarda shaxsni shakllantirish uchun muhim bo‘lgan uchta asosiy yo‘nalish: musiqa, jismoniy tarbiya va sport, harbiy-vatanparvarlik fanlarini o‘qitish sifatiga alohida e’tibor qaratiladi.
Yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrab olinishi 2030-yilga borib hozirgi 38 foizdan 50 foizga yetkaziladi.
Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqotlar faollashtirilib, oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati 2030-yilga borib 70 foizga yetkaziladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
Rahbar xodimlarning oylik maoshi yana ikki barobarga oshiriladi
Pedagog xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 5 kun, o‘quvchilar esa 14 kun dam oladi
Vazir Hilola Umarova 2025-yil rejalarini Prezidentga taqdimot qilib berdi
2025-yil 1-yanvardan ona tili va tarix o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama beriladi
Mavzuga doir yangiliklar
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari endi toifa olish uchun ham test, ham amaliy imtihon topshiradi
Bu haqda Prezident qarori imzolandi
Endi musiqa fani o‘qituvchilari toifa olish uchun Madaniyat vazirligi imtihonidan ham o‘tadi
Bu haqda prezident qarori imzolandi
Ayrim kollej binolari maktablarga aylantiriladi
42 mingta yangi o‘quvchi o‘rni yaratiladi
Bir nafar o‘quvchi uchun yiliga qancha mablag‘ ajratilmoqda?
Maqolada davlat ta’lim tizimida karrasiga ortib borayotgan tengsizlik masalalari tahlil qilinadi
Izohingizni tahrirlang