“Vazirlik mutasaddilarining oxirgi bor qachon jurnalistlar qarshisiga chiqqanini eslolmayman” — Ilyos Safarov
Bundan uch oy avval, ya’ni 2025-yil 28-avgust kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalariga yopiqligi haqida “Matbuot anjumanisiz o‘tayotgan bir yil” mavzusida maqola e’lon qilgandik.
Maqolada 2025-yil davomida ta’lim tizimida qanchadan-qancha jamoatchilikning keskin e’tirozlarga sabab bo‘lgan holatlar kuzatilgan bo‘lsa-da, vazirlik tomonidan 2025-yil hisobida deyarli hech qanday matbuot anjumani tashkil etilmaganligi haqida so‘z boradi.
Kuni-kecha jurnalist Ilyos Safarovning aynan mana shu mavzudagi yozgan maqolasi jamoatchilikka tobora yopilib borayotgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining axborot siyosatiga yana bir bor oyna tutdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ilyos Safarov bir vaqtlar hukumat idoralarining matbuotga ochiqligi haqidagi fikrlarini izohlar ekan, o‘sha davrlarda Xalq ta’limi vazirligining matbuot bilan aloqalari ancha yaxshilangani, bu esa jurnalistlarni sohaning fundamental — sifatga qaratilgan masalalarini amaldorlar oldiga qo‘yib, javob izlashga o‘rgatganini ham alohida ta’kidladi.
“Ochiqlikning sohalar rivojida qanchalar muhimligini ko‘rsatuvchi birgina misol: bundan bir necha yil avval, O‘zbekistonda hukumat idoralari hali matbuotga ochiq zamonlar edi. O‘shanda masalan, Xalq ta’limi vazirligi jurnalistlar uchun tez-tez matbuot anjumani, brifing kabi tadbir, ochiq muloqotlar o‘tkazib turardi.
E’tibor berganim, shunday tadbirlarda jurnalistlar ham avval umumiy, kundalik savollar bilan cheklangan bo‘lsa, vaqt o‘tgan sari sohaning fundamental – sifatga qaratilgan masalalarini amaldorlar oldiga qo‘yishni, javob izlashni o‘rganib olishgandi. Ya’ni, bunday tadbirlar vaqt o‘tgan sari oddiy savol-javob darajasidan sog‘lom jarayon bosqichiga chiqib ulgurgandi-ki, matbuot va vazirlik ta’limda sifatni yaxshilash masalalarini birgalikda, qizg‘in muhokama qilardi”, - deydi Ilyos Safarov.
Xo‘sh, bugun hukumat idoralari matbuot, jamoatchilik uchun qanchalik ochiq?
Ilyos Safarov o‘tgan davrlarni hozirgi kun bilan taqqoslar ekan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mutasaddilari hatto minglab bolalar zaharlangan paytlarda ham jamoatchilik qarshisiga chiqmaganiga e’tiroz bildirib, ta’lim siyosatini belgilovchi shaxslar hisoblangan vazir hamda uning o‘rinbosarlaridan hali birortasi ham ta’lim qaysi yo‘ldan ketayotgani haqida jamoatchilikka tushuntirish bermaganini qoraladi.
“Davlat idoralarining jamoatchilik va jurnalistlar qarshisida qiladigan matbuot anjumanlari to‘xtatilgan. Brifinglarni deyarli ko‘rmaysiz. Ko‘rsangiz ham u yerda jurnalist bo‘lmaydi. Masalan, men yuqorida shunchaki misol uchun olganim Xalq ta’limi vazirligi mutasaddilarining oxirgi bor qachon jurnalistlar qarshisiga chiqqani, savollariga javob qaytarganini eslolmayman. Biz hatto minglab bolalar zaharlangan paytlarda ham ularning jamoatchilik qarshisiga chiqqanini ko‘rmadik.
Sohada nеcha vazir, necha vazir o‘rinbosari o‘zgardi, lеkin ulardan birortasi ta’limda o‘zi nima qilmoqchi ekani, biz qaysi yo‘ldan kеtayotganimiz, nimaga intilayotganimiz haqida tushuntirish bеrgani yo‘q. Oqibat nima bo‘lyapti?
Oqibat shunday bo‘lyaptiki, biz bugun vazirlikdan faqat o‘quvchi o‘qituvchidan shapaloq yegan, kimdir kelib o‘qituvchini kaltaklagan, o‘quvchi o‘z joniga qasd qilgan yoki homilador bo‘lib qolgan paytlardagina munosabat ololyapmiz. Bo‘ldi, matbuot va vazirlik aloqalari faqat shunday paytlardagina, o‘ta cheklangan tarzda ishlamoqda.
Tushunyapsizmi, biz bir nеcha yil avval sifatning yangi bosqichiga ko‘tarilgan va sohaning o‘sishiga хizmat qilgan qimmatli jarayonni, uyg‘ona boshlagan ishonchni yo‘qotib qo‘ydik. Bugun matbuot va hukumat idoralarining chеklangan munosabatlari sifat uchun emas, shunchaki borlik uchungina хizmat qilmoqda”, - deydi u.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ba’zan matbuot anjumani haqida so‘z ham so‘z ochib turadi, ammo negadir haligacha matbuot anjumani tashkil etmayapti. Masalan, yaqinda kuzgi attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan pedagoglar masalasi kun tartibiga ko‘tarilganidan so‘ng, vazirlik 2025-yil 3-noyabr kuni rasmiy bayonot bilan chiqib, savollarga ochiq javob berish hamda OAV bilan hamkorlikka tayyorligini aytib, yaqin orada matbuot anjumani tashkil etilishi reja qilinganini ma’lum qilgandi. Lekin, oradan 10 kun vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramay, haligacha matbuot anjumani tashkil etilmadi.
E’tiborlisi, bunday va’dalar o‘tgan bahorgi attestatsiya ham sobiq vazir Hilola Umarova tomonidan ham berilgandi. Lekin o‘shanda ham vazirlik matbuot anjumani tashkil etmay, atigi 4 daqiqalik brifing bilan cheklangandi.
Umuman olganda, jurnalist Ilyos Safarov ko‘targan masala o‘ta jiddiy. Bu haqda vazirlik imkon qadar tezroq o‘ylab ko‘rishi, jamoatchilik bilan ochiq muloqotni qayta yo‘lga qo‘yishi zarur. Shu bois, matbuot va vazirlik o‘rtasidagi sog‘lom muloqotni qayta tiklash bugungi kungi ta’lim siyosatining eng dolzarb vazifalaridan biri bo‘lishi kerak.
Jurnalist Ilyos Safarovning maqolasi bilan uning Telegram sahifasida ham tanishib chiqishingiz mumkin: https://t.me/haqiqatdaIlyos/2509
Комментарии 0
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
Теперь педагоги, сообщившие о вредных привычках учащихся, могут быть вознаграждены
Attestatsiyada ingliz tilidan tushgan testlar to‘liq tahlil qilindi
Endi CHQBT rahbarlariga ham 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Теперь учителя старших классов не смогут учиться в начальной школе
Тематические новости
Напоминание
Deyarli, matbuot anjumanisiz o‘tayotgan bir yil
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bir yildan beri jamoatchilik bilan ochiq muloqot qilgani yo‘q.
Аттестация
В этом году в аттестации примут участие более 202 тысяч педагогов.
243 541 педагог подал онлайн-заявки на сертификацию, и ожидается, что более 202 000 из них примут участие.
Как организовать "День профессионального развития"? Министерство предоставило информацию
Состоялась пресс-конференция на тему "День профессионального развития"
Новости
379 директоров, прошедших курсы менеджмента, не смогли получить сертификаты
На пресс-конференции была представлена информация о системе повышения квалификации, курсах менеджмента, а также процессах подготовки к международному исследованию PISA.
Русский
Редактировать комментарий