Deyarli 60 foiz o‘qituvchi attestatsiyadan o‘tolmagan
Xabaringiz bor, joriy yilning 15-aprel sanasidan boshlab, 14-mayga qadar pedagog xodimlar uchun attestatsiya test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova ishtirokida malaka toifa sinovlari uchun o‘tkazilgan test natijalari yuzasidan 4 daqiqalik brifing o‘tkazildi. Unda pedagoglar attestatsiyasiga oid ayrim ma’lumotlar ochiqlandi.
Mazkur brifingda ma’lum qilishicha, attestatsiyada foydalanilgan sinov materiallari soha mutaxassislari, olimlar, amaliyotchi pedagoglar ishtirokida xalqaro testologiya me’yorlari asosida ishlab chiqilgan.
Belgilangan mezonlar asosida 46 ta fandan uchta o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida 30 mingga yaqin nazorat-sinov materiallari tayyorlangan.
Malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun 190 mingga yaqin pedagoglar onlayn ariza topshirgan bo‘lib, ularning 177 ming 640 nafari yoki umumiy arizachilarning 95 foizi jarayonlarda qatnashdi.
Attestatsiya sinovlarida hech qanday ko‘ngilsiz hodisalar kuzatilmagan. O‘rnatilgan tartib-qoidalarni buzganligi sababli 75 nafar pedagog sinovlardan chetlashtirilgan va bu haqda o‘rnatilgan tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilgan.
Malaka test sinovlarida 5 095 nafar pedagog 86 va undan yuqori natija qayd etdi. Endi ushbu pedagoglarga Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-son qarori asosida 70 foizlik ustamalar tayinlanadi.
Attestatsiya natijalariga ko‘ra, 10 504 nafar pedagog oliy toifa, 23 200 nafar pedagog birinchi toifa, 27 805 nafar pedagog ikkinchi toifa uchun yetarli ball to‘plab, ijobiy natijalar qayd etdi. Shuningdek, 6 603 nafar pedagog mutaxassis lavozimini saqlab qoldi.
Umumiy hisobda 73 mingdan ziyod pedagoglar ijobiy natija ko‘rsatgan. Bunda 104 mingga yaqin (58.9%) pedagoglar attestatsiyadan o‘tolmagan.
Joriy yilning 15-16-may kunlari o‘tkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovlarida esa umumiy hisobda 4 ming 880 nafar pedagog ishtirok etdi.
Endi attestatsiya natijalariga ko‘ra, pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikat yuboriladi. Shuningdek, pedagoglarning oylik ish haqlariga kiritiladigan o‘zgarishlar avtomatik tarzda hisoblab chiqarilishi uchun UzASBO buxgalteriya yoki boshqa moliyaviy hisob-kitob dasturlariga yuboriladi.
O‘tkazilgan brifingda attestatsiya natijalaridan norozi bo‘layotgan o‘qituvchilar masalasiga to‘xtalib o‘tilmadi. Xalqtaliminfo.uz'ga intervyu bergan vazirlik mas’uli Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tez orada pedagog kadrlar attestatsiyasi mavzusida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun kengaytirilgan matbuot anjumani tashkil etilishi, soha mutaxassislari, testolog, shuningdek, o‘qituvchilar ishtirokida esa attestatsiya test savollari tahliliga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazilishini ma’lum qilgandi.
Ammo Axborot xizmat rahbari Dilfuza Sobirova pedagoglar attestatsiyasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan matbuot anjumani qachon o‘tkazilishi borasida ma’lumot bermadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xalqtaliminfo.uz'ning “Tanaffus” podkasti loyihasida ta’lim ekspertlari attestatsiya jarayonini tashkil etishdan tortib, o‘qituvchilarning asosiy noroziligiga sabab bo‘layotgan testlar validligi haqida to‘liq ma’lumotlar berishgandi.
Izohlar 18
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
6 yoshli bolalar maktabga tayyorlov bilan to‘liq qamrab olinadi, 10 ta oliygoh Top-1000 ga kiritiladi — prezident farmoni
Ta’lim vazirligida matbuot xizmati rahbariyati yangilandi
19-noyabrdan “Jadidlar izidan” respublika tanlovining hududiy bosqichi boshlanadi
“Ta’lim tizimida tartib o‘rnataman” — Erkinjon Turdimov
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Matematika va fizika o‘qituvchilari attestatsiya testlaridan norozi
2026-yilgi kuzgi attestatsiya sinovlarida matematika va fizika fanlari bo‘yicha berilgan test topshiriqlarining murakkabligi, ularni bajarish uchun ajratilgan vaqt hamda o‘qituvchilar to‘playotgan ballar ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
So'ragan edingiz
Attestatsiya vaqtida kompyuter ishlamay qolsa nima qilish kerak?
Attestatsiya jarayonida test topshirayotgan paytimda kompyuter ishlamay qolsa yoki texnik nosozlik sababli testni davom ettira olmasam, bu holatda testni qayta topshirishim mumkinmi?
So'ragan edingiz
Milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga 70 foizlik ustama uchun ball beradimi?
Qo‘shimcha ustama faqat malaka sinovida (ikkala bosqichda) ishtirok etib, oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) pedagoglarga beriladi.
So'ragan edingiz
Haj safari sababli attestatsiyada qatnasha olmagan o‘qituvchilar uchun imkoniyat beriladimi?
Uzrli sabablarga ko‘ra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadigan kunlar Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan e’lon qilinadi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang