Top.Mail.Ru
Milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga 70 foizlik ustama uchun ball beradimi?

Milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga 70 foizlik ustama uchun ball beradimi?

15:35 / 07.10.2025 11.96k

Savol

B2 darajadagi milliy sertifikat olgandim. Kuzgi attestatsiyada qatnashib, 70 foizlik ustamaga harakat qilib ko‘rmoqchiman. Aytishlaricha, milliy sertifikat uchun maksimal ball berilar ekan. 


Agar menga maksimal ball berilsa, pedagogikani yaxshi yechsam, shunda milliy sertifikat bilan birga jami 86 balldan yuqori natija chiqar ekan. Shunda menga 70 foizlik ustama belgilanadimi?


Javob

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 48-bandida attestatsiyada ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga qo‘shimcha 70 foiz ustama belgilanishi nazarda tutilgan.


Buning uchun pedagoglar attestatsiya test sinovida (ikkala bosqichda) ishtirok etib, oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) bo‘lishi lozim.


Ma’lumki, nizomning 36-bandida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega chet tili yoki Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan kamida B+ (avvalgi tizimda 80 ball yoki undan yuqori) darajadagi umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risida sertifikatga ega fan o‘qituvchilariga (boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari bundan mustasno) sertifikatning amal qilish davrida navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash hamda o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovidan maksimal ball berilishi hamda ular ushbu o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovidan ozod etilishi belgilangan.


Ammo, 70 foizlik ustamaga da’vogarlik qilayotgan pedagoglar uchun xalqaro yoki milliy sertifikat uchun ball qo‘shib berilmaydi. 


Bunda qo‘shimcha ustama faqat malaka sinovida (ikkala bosqichda) ishtirok etib, oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) pedagoglarga beriladi.


Ya’ni, belgilangan darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lganligi sababli navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash hamda o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovidan berilgan maksimal ball e’tiborga olinmaydi. 


Ushbu pedagoglar hamda majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan malaka toifasiga ega pedagog kadrlar o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish orqali ustamaga ega bo‘lishlari mumkin. 


Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 48-bandida nazarda tutilgan.

Eslatma: Sayt ma’lumotlaridan foydalanganda manba sifatida xalqtaliminfo.uz saytini ko‘rsatib o‘tish shartligini eslatib o‘tamiz.

Izohlar 6

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Attestatsiya
  • ustama

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

So'ragan edingiz

Haj safari sababli attestatsiyada qatnasha olmagan o‘qituvchilar uchun imkoniyat beriladimi?

Uzrli sabablarga ko‘ra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadigan kunlar Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan e’lon qilinadi.

14:30 / 30.10.2026
Yangiliklar

Farg‘onada attestatsiya test savollarini rasmga olib tarqatgan o‘qituvchi aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan Pedagogik mahorat va xalqaro baholaş ilmiy-amaliy markazi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish natijasida Farg‘ona viloyatidagi 26-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchisi X.N.K. ruxsat etilmagan maxsus qurilma yordamida test savollarini suratga olgani aniqlandi.

17:10 / 29.10.2026
Yangiliklar

Kuzgi attestatsiyada 240 mingdan ortiq oʻqituvchi ishtirok etadi

Taʼlim va ilm-fan vazirligining xalqtaliminfo.uz'ga ma’lum qilishicha, bu yil sinovlarda qatnashish istagini bildirgan pedagoglardan 302 ming 422 ta murojaat kelib tushgan. Ulardan 16 ming 604 tasi, yaʼni 5,5 foizi navbatdagi majburiy attestatsiyaga, qolgan 285 mingdan ortigʻi esa navbatdan tashqari attestatsiyaga tegishli.

17:23 / 28.10.2026
So'ragan edingiz

Metodbirlashma rahbarlari KRK sertifikati olmasa, ustamasi bekor bo‘ladimi?

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 26-bandiga ko‘ra, fan yo‘nalishlari bo‘yicha metodik birlashma rahbarlariga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 10 foiz miqdorida har oylik ustama belgilanishi mumkin.

11:43 / 27.10.2026