Top.Mail.Ru
Attestatsiya vaqtida kompyuter ishlamay qolsa nima qilish kerak?

Attestatsiya vaqtida kompyuter ishlamay qolsa nima qilish kerak?

11:57 / 10.11.2026 1.57k

Savol

Attestatsiya jarayonida test topshirayotgan paytimda kompyuter ishlamay qolsa yoki texnik nosozlik sababli testni davom ettira olmasam, bu holatda testni qayta topshirishim mumkinmi?


Javob

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 4-bobida apellyatsiya berish tartibi belgilangan.


Unga ko‘ra, attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan pedagog kadrlar natijalar e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda ariza (shikoyat) berishlari kerak bo‘ladi.


Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish yozma ravishda yoki vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali elektron tarzda amalga oshirilishi mumkin.


Bunda ariza (shikoyat) ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n kun muddatda, qo‘shimcha o‘rganishlar talab etilganda esa malaka toifasi sertifikatlari shakllantirilgunga qadar ko‘rib chiqiladi.


Ariza ko‘rib chiqilgach, o‘quv fani bo‘yicha test yoki malaka sinovlarini o‘tkazish jarayonida tashkiliy-texnik jihatdan kamchiliklar mavjudligi aniqlansa, vazirlik test sinovlarining qaytadan topshirilishini tashkil etishi lozim bo‘ladi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Attestatsiya

Ulashish