Top.Mail.Ru
Ayrim maktablarda tibbiyot xonalari yo‘qligi uchun vazirga parlament so‘rovi yuborildi

Ayrim maktablarda tibbiyot xonalari yo‘qligi uchun vazirga parlament so‘rovi yuborildi

11:30 / 01.06.2024 2.29k
Kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Xilola Umarovaga “Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati to‘g‘risida” Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqidagi masala ko‘rib chiqilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganib, tahlil qilingan.

O‘rganishlar yakunlari, shuningdek, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar tahliliga ko‘ra umumta’lim maktablarida tibbiy xizmatni yo‘lga qo‘yish borasida o‘z yechimini kutayotgan qator dolzarb masalalar mavjudligi aniqlangan.

Shundan kelib chiqib, barcha umumta’lim maktablarida tibbiyot xonalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ularni zarur tibbiy jihozlar, dori-darmon vositalari bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan asoslantirilgan tushuntirishlar berish haqida maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X.Umarovaga parlament so‘rovi yuborilgan.

Endilikda vazirlik 10 kunlik muddat ichida parlamentga tegishli ma’lumotlarni taqdim etishi kerak bo‘ladi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Xilola Umarova
  • vazirlik

Ulashish