1,5 stavkadan ortiq ishlagan o‘qituvchidan ortiqcha to‘langan pullar qaytarib olinadimi?

10:30 / 13.06.2024
6.42k
Savol
Onam o‘qituvchi, maktabda 19-18 soat ishlaydi, bog‘chada esa 1 stavka to‘liq ishlaydi 4 yildan buyon. Oilada onamning o‘zi yolg‘iz ta’minotchi. Bugun Respublika iqtisod bo‘limidan onamni chaqirishibdi, ikki taraflama ishlagani uchun. Ushbu holatda onamdan ishlagan ish haqini qaytarish shartini qo‘yishi mumkinmi? Ikkala ishda ham bir-biriga xalaqit bermay, soatini moslab ishlagan. Shunga majbur bo‘lgan.
Javob
MK 437-moddasiga ko‘ra, o‘rindoshlik asosida ishlash chog‘ida o‘rindoshlik asosida ishlashning davomiyligi xodimlarning mazkur toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq bo‘lishi mumkin emas (bundan sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlarining shifokor xodimlari mustasno).
Ya’ni sodda qilib aytganda, 1,5 stavkadan ortiq ishlash mumkin emas. Faqatgina shifokorlar va 3 ta milliy musiqa cholg‘ularida mahorat bilan kuy ijro eta oladigan mutaxassislar asosiy ish joyidan bo‘sh vaqtida o‘rindoshlik asosida to‘liq stavkada ishlashlari mumkin.
Xo‘p, xodim 1,5 stavkadan ortiq ishladi ham deylik, undan ortiqcha pul qaytarib olinadimi?
Yo‘q, qaytarib olish mumkin emas. Chunki, xodim haqiqatan ham amalda ishlagan, garchi MK 437-moddasiga zid bo‘lsa-da. Bu holatda qonunchilikda 1,5 stavkadan ortiq ishlagan xodimga hech qanday javobgarlik yo‘q. Ish beruvchi MJTK 49-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilishi mumkin.Mehnat kodeksi 269-moddasiga ko‘ra, xodimga ortiqcha to‘langan ish haqi (shu jumladan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar noto‘g‘ri qo‘llanilganda) undan undirilishi mumkin emas.
Bundan quyidagi hollar mustasno:
- hisoblashdagi xatolik;
- agar yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiquvchi organ tomonidan xodimning mehnat normalarini bajarmaganlikdagi aybi e’tirof etilgan bo‘lsa;
- xodimning sud tomonidan belgilangan g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) sababli xodimga ortiqcha ish haqi to‘langan bo‘lsa.
Bundan tashqari, Fuqarolik kodeksi 1030-moddasiga ko‘ra, quyidagilar asossiz orttirilgan boylik sifatida qaytarib berilmaydi:
- ijro etish muddati to‘lgunga qadar majburiyatni bajarish yuzasidan topshirilgan mol-mulk, agar majburiyatda boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa;
- da’vo muddati o‘tganidan keyin majburiyatni bajarish yuzasidan topshirilgan mol-mulk;
- ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, hayot yoki sog‘liqqa yetkazilgan zarar tovoni, alimentlar va fuqaroga turmush kechirish vositasi sifatida berilgan boshqa pul mablag‘lari, uning tomonidan vijdonsizlik qilinmaganda va hisob-kitobda xatolar bo‘lmaganda;
- mavjud bo‘lmagan majburiyatni bajarish uchun berilgan pul summalari va boshqa mol-mulk, agar qo‘lga kirituvchi mol-mulkni qaytarishni talab qilayotgan shaxsning majburiyat yo‘qligini bilganligini yoxud mol-mulkni xayriya maqsadlarida berganligini isbotlasa.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, onangizdan pulni qaytarib berishni talab qilishlari g‘ayriqonuniy hisoblanadi. Onangiz to‘lamayman desinlar, tamom.
MK 269-moddasiga ko‘ra, umumiy qoidaga ko‘ra xodimning yozma roziligi bilan, xodimning roziligi bo‘lmagan taqdirda esa ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq ish haqidan ushlab qolinishi mumkin.
Onangizning vaziyatlari xodimning yozma roziligidan qat’i nazar, ish haqidan ushlab qolinadigan holatlarga ham tushmaydi.
MK 269-moddasiga ko‘ra, umumiy qoidaga ko‘ra xodimning yozma roziligi bilan, xodimning roziligi bo‘lmagan taqdirda esa ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq ish haqidan ushlab qolinishi mumkin.
Onangizning vaziyatlari xodimning yozma roziligidan qat’i nazar, ish haqidan ushlab qolinadigan holatlarga ham tushmaydi.
Shuni yana alohida ta’kidlash joizki, xodimdan to‘lovlarni qaytarib olish mumkin bo‘lmasa, unda yana shu zaylda ishlashda davom etaveraman deyish ham xato. Chunki, yuqorida aytib o‘tganimizdek, 1,5 stavkadan ortiq ishlash qonunchilikka zid.
Mehnat huquqiga oid maqolalarni Mehnat huquqi telegram kanalida ham kuzatib boring.
Mehnat huquqiga oid maqolalarni Mehnat huquqi telegram kanalida ham kuzatib boring.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

16:00 / 14.03.2025
O‘qituvchi yaratgan mashina vazirlik tomonidan 63 mln so‘mga moliyalashtirildi

23:22 / 13.03.2025
Maktablarda yozgi ta’til qisqarmoqdami?

12:50 / 13.03.2025
Bolalarni ta’limga jalb etmay, tilanchilik qilgan ona javobgarlikka tortildi

17:27 / 12.03.2025
Yangi o‘quv yilidan o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar ham attestatsiyaga jalb etiladi
Mavzuga doir yangiliklar

Bolalarni ta’limga jalb etmay, tilanchilik qilgan ona javobgarlikka tortildi
1989-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zining uch nafar voyaga yetmagan farzandlaridan foydalanib, tilanchilik bilan shug‘ullanganligi aniqlandi.
12:50 / 13.03.2025

O‘qituvchiga o‘lim bilan tahdid qilindi, nega hamma jim?
O‘qituvchini kaltaklanib, uni o‘ldirish bilan tahdid qilindi
10:21 / 14.02.2025

O‘quvchilar davomatini soxtalashtirgan maktab direktori ishdan olindi
Direktor o‘rinbosarlari ham ishdan olinadi
17:28 / 06.02.2025

Kasb kasalligiga chalingan o‘qituvchiga 70 mln so‘m tovon puli undirib beriladigan bo'ldi
Ushbu tovon puli sud orqali undirildi
14:16 / 30.01.2025
Izohingizni tahrirlang