Komil Jalilov
“Ilmiy tahlil” loyihasi ekspertiKomil Jalilov — 1979-yil 18-dekabrda Samarqand shahrida tavallud topgan. Mutaxassisligi pedagog.
U dastlab, 1996–2000-yillarda Samarqand davlat chet tillari instituti bakalavr darajasi bo‘yicha tahsil olgan. So‘ng 2000–2002-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini va 2017–2018-yillarda London universiteti kolleji Ta’lim institutida (inglizcha: “UCL Institute of Education”, to‘liq: inglizcha: “University College London UCL Inistitute of Education, UK”) Chevening dasturi bo‘yicha “O‘quv dasturlarini ishlab chiqish, pedagogika va pedagogik baholash” mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasini olgan.
Bundan tashqari 2007–2008-yillarda AQShning Columbia universitetida “Pedagogik psixologiya va tillarni o‘qitish metodikasi“ yo‘nalishida va 2011–2013-yillarda Toshkent xalqaro Vestminster universitetida “Ta’lim berish va o‘qitish nazariyasi va amaliyoti“ yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirgan.
- 2001–2005-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi akademik litseyda o‘qituvchi sifatida;
- 2009–2012-yillarda Toshkent xalqaro Vestminster universiteti huzuridagi akademik litseyda direktor o‘rinbosari lavozimida;
- 2012–2014-yillarda M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filialida o‘qituvchi sifatida;
- 2013–2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Test Markazi Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasida baholovchi va test topshiriqlarini ishlab chiquvchi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida;
- 2016–2019-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida o‘qituvchi sifatida;
- 2021–2022-yillarda Prezident ta’lim muassasalari agentligida metodika bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Komil Jalilov faoliyati davomida bir qancha kitob va qo‘llanmalar yozgan:
- 2011-yil — Ingliz tilidan mavzulashtirilgan testlar to‘plami (“Abituriyent-2011” loyihasi turkumidan);
- 2014-yil — “English: Key to Success” (2 tom);
- 2016–2018-yillar — “Exam Skills for Teachers and Learners of English”;
- 2018-yil — “Practice Tests for Exam Skills for Teachers and Learners of English”;
- 2020-yil — “Baholar nazariyasi asoslari”;
- 2022-yilda yangi maktab darsliklari yozishda muallif ham bo‘lgan.
Komil Jalilov 2021-yildan buyon Toshkent shahridagi Webster universitetida faoliyat yuritmoqda. Hozirda xalqtaliminfo.uz nashrining “Ilmiy tahlil” loyihasi eksperti sifatida ham faoliyat yuritadi.