O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Pedagogning maqomi to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil
1-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 29-sentabrda ma’qullangan
1-modda. Pedagogning maqomi to‘g‘risidagi qonunchilik
Pedagogning
maqomi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan
iboratdir.
Agar
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining
pedagogning maqomi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha
qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
2-modda. Ushbu Qonunning qo‘llanilish sohasi
Ushbu
Qonun pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari va ular faoliyatining asosiy
kafolatlarini belgilaydi.
Ushbu
Qonunning amal qilishi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga
oshirayotgan davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining (bundan buyon matnda
ta’lim tashkilotlari deb yuritiladi) pedagoglariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ushbu
Qonun 5-moddasi uchinchi
va to‘rtinchi qismlarining,
13-moddasi birinchi qismining,
14-moddasi uchinchi va o‘n birinchi qismlarining amal qilishi
asosiy ish faoliyatidan tashqari pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi
shaxslarga hamda harbiy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat bilan
shug‘ullanuvchi harbiy xizmatchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3-modda. Pedagogning maqomi
Ta’lim
tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi
asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi hamda
tegishli ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega
bo‘lgan jismoniy shaxs pedagogdir.
O‘zbekiston
Respublikasida pedagogning maqomi tan olinadi. Pedagoglarning o‘z kasbiy
faoliyatini yuritishi uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratiladi,
ularning ijtimoiy himoyasi ta’minlanadi va huquqlari amalga oshirilishi uchun
kafolatlar beriladi.
Pedagogning
huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida
bo‘ladi.
Pedagogik
faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxati tegishincha O‘zbekiston Respublikasi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va
innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ta’lim
tizimida ishlayotgan pedagogning kasbiy darajasiga doir talablar
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorida
hamda pedagogning kasbiy standartlarida belgilanadi.
Agar
qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, pedagogik oliy
ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarga qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganidan
keyin ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi
berilishi mumkin.
Zarurat
bo‘lganda professional ta’lim tashkilotlari ishlab chiqarish ta’limi
ustalarini, shuningdek tegishli bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan,
oliy ma’lumoti bo‘lmagan boshqa mutaxassislarni amaliy va qo‘shimcha
mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun jalb etishi mumkin.
Ishlab
chiqarish ta’limi ustalari qayta tayyorlash kurslaridan o‘tmasdan professional
ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga haqli.
4-modda. Murabbiylik
Umumiy
o‘rta ta’lim tashkilotida ilk bor kasbiy faoliyatini boshlayotgan shaxsga bir
o‘quv yili davriga murabbiylikni amalga oshirish uchun tajribali pedagog
biriktiriladi.
Murabbiylikni
amalga oshirganligi uchun pedagogning bazaviy lavozim maoshiga qo‘shimcha haq
to‘lanishi mumkin.
Murabbiylikni
amalga oshiruvchi pedagogga qo‘yiladigan talablar va uning faoliyatini tashkil
etish tartibi qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
5-modda. Pedagogning kasbiy faoliyati amalga oshirilishini
ta’minlash
O‘zbekiston
Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi qonunchiligiga asosan ish beruvchi
pedagogning o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur
shart-sharoitlar yaratadi.
Quyidagilar
taqiqlanadi:
pedagogning
kasbiy faoliyatiga aralashish, uning faoliyatini asossiz ravishda tekshirish,
pedagog tomonidan ta’lim oluvchilarning bilimlarini to‘g‘ri va xolis baholashga
ta’sir ko‘rsatish, shuningdek unga o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishga
to‘sqinlik qilish;
pedagogni
kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni
obodonlashtirishga va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish;
pedagogdan
uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni va boshqa
ma’lumotlarni, shu jumladan aholining soliqlar, kommunal to‘lovlar, kreditlar
va boshqa qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, bitiruvchilarning bandligi
ta’minlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini
talab qilish;
pedagogni
ishga joylashtirilmagan, ta’lim bilan qamrab olinmagan va profilaktika hisobida
turgan voyaga yetmaganlar hisobini yuritish hamda ularning ijtimoiy
moslashuviga ko‘maklashish ishlariga jalb etish;
pedagogning
zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan
ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag‘ ushlab
qolish.
Davlat
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida faoliyat
yuritayotgan pedagoglar davlat tomonidan o‘quv qo‘llanmalar bilan bepul
ta’minlanadi.
Davlat
ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar ta’lim jarayonida
foydalanadigan birlamchi o‘quv-uslubiy materiallar va o‘quv qurollari bilan
davlat tomonidan bepul ta’minlanadi.
Pedagogni
uning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan, lekin siyosiy va ijtimoiy
ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlarga (saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish
jarayonlarida ishtirok etishga, test sinovlarida auditoriya nazoratchisi
vazifasini bajarish, aholini ro‘yxatga olish ishlarida ko‘maklashishga, ta’lim
tashkilotlarini tekshirish hamda attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlarida
ekspert sifatida ishtirok etishga va boshqalarga) jalb qilish uning roziligiga
ko‘ra, u bilan tuzilgan shartnomaga asosan, qo‘shimcha haq to‘lash evaziga,
ishdan bo‘sh vaqtida yoki ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi saqlangan holda
amalga oshiriladi.
Pedagogni
biron-bir shaklda mehnatga ma’muriy tarzda majburlash, shuningdek pedagogning
kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki uning o‘z xizmat
majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilish qonunda belgilangan tartibda
javobgarlikka sabab bo‘ladi.
6-modda. Pedagogning huquqlari
Pedagog
o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni, o‘qitish va tarbiya vositalarini hamda usullarini
erkin tanlash va ulardan foydalanish;
belgilangan
tartibda mualliflik dasturlarini va o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish va
joriy etish, ijodiy faollik ko‘rsatish, shuningdek tegishli o‘quv fanlari,
kurslari va modullaridan foydalanish;
kasbiy
faoliyatni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini talab
qilish;
o‘quv,
ilmiy va uslubiy yo‘nalishlardagi davlat axborot-resurs hamda axborot-kutubxona
markazlarining xizmatlaridan bepul foydalanish;
davlat
ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, malaka talablarini, o‘quv
rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish jarayonida ishtirok etish;
ilmiy,
ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyatni amalga oshirish, tajriba-sinov faoliyatida
ishtirok etish, innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish;
qonunchilik
hujjatlariga muvofiq ijodiy ta’til olish;
ta’lim
tashkilotini boshqarishda, shuningdek ta’lim tashkilotining faoliyati bilan
bog‘liq masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
o‘z
kasbiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish uchun
pedagoglarning jamoat birlashmalariga birlashish va ularda ishtirok etish;
o‘z
kasbiy faoliyatiga g‘ayriqonuniy ravishda aralashuvdan himoyalanish;
pedagogik
faoliyati davomida o‘ziga biriktirilgan sinfdagi (guruhdagi, kursdagi) ta’lim
oluvchilarning bilimini mustaqil baholash;
ta’lim
oluvchilar va ularning ota-onalari (qonuniy vakillari) tomonidan pedagogning
kasbiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish;
davlat
sog‘liqni saqlash muassasalarida majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tish (davlat
ta’lim tashkilotlari uchun);
ta’lim
oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ishtirok
etish.
Pedagog
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Pedagog
o‘zining kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o‘z sha’ni, qadr-qimmati
va ishchanlik obro‘sini himoya qilish uchun sudga da’vo arizasi bilan murojaat
qilgan, shuningdek o‘z huquqlarini buzayotgan davlat organlarining
g‘ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari
(harakatsizligi) ustidan shikoyat qilgan taqdirda davlat bojini to‘lashdan ozod
qilinadi.
Ta’lim
tashkiloti tomonidan pedagogning kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda
aralashish yoki uning xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilish
bilan bog‘liq huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, pedagog ma’muriy
huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilmagan holda, o‘z arizasida
huquqbuzarning shaxsi, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning
mohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek ishni hal etish uchun zarur
bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatib, sudga bevosita murojaat qilishga haqli.
7-modda. Pedagogning majburiyatlari
Pedagog
o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishda:
ta’lim-tarbiya
jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini
hurmat qilishi;
o‘quv
mashg‘ulotlarini o‘quv dasturlari va davlat ta’lim standartlariga muvofiq
sifatli o‘tkazishi;
o‘quv
mashg‘ulotlari davomida ta’lim oluvchilarning bilim darajasini oshirish uchun
zarur choralar ko‘rishi;
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan, o‘qitish va tarbiyaning ilg‘or hamda innovatsion shakllari
va usullaridan foydalanishi;
ta’lim
oluvchilarning psixologik va o‘ziga xos xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy
salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olishi, alohida ta’lim
ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga
e’tibor qaratishi va ularni kamsitmasligi;
voyaga
yetmagan ta’lim oluvchilar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini ularning ota-onasi
yoki boshqa qonuniy vakillari bilan hamkorlikda olib borishi;
o‘z
malakasini muntazam ravishda oshirib borishi, egallab turgan lavozimiga
muvofiqlik jihatidan davriy attestatsiyadan o‘tishi;
ta’lim
tashkilotining ustaviga va (yoki) boshqa ta’sis hujjatlariga, ichki mehnat
tartibi qoidalariga va pedagogik etika qoidalariga rioya etishi;
majburiy
tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi shart.
Pedagogning
zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham
yuklatilishi mumkin.
8-modda. Pedagogik etika qoidalari
Pedagogik
etika qoidalari pedagog o‘z kasbiy majburiyatlarini bajarishi chog‘ida amal
qilishi lozim bo‘lgan qoidalar majmuidan iboratdir.
Pedagogik
etika qoidalari ta’lim tashkilotlari uchun tegishincha O‘zbekiston Respublikasi

innovatsiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda
tasdiqlanadi.
Pedagogik
etika qoidalarini bilish va ularga amal qilish pedagogning o‘z kasbiy
majburiyatlarini bajarishining sifat ko‘rsatkichlarini hamda pedagogning mehnat
intizomini belgilaydigan mezondir.
Pedagogik
etika qoidalarining pedagog tomonidan buzilishi uni mehnat to‘g‘risidagi
qonunchilikka asosan intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
9-modda. Pedagoglarni tayyorlash
Pedagoglarni
tayyorlash oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Pedagoglarni
tayyorlash qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, professional
ta’lim tashkilotlari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Pedagogika
ta’lim yo‘nalishi hamda mutaxassisligi bo‘yicha o‘quvchi va talabalarni
professional va oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish davlat granti
va to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Davlat
oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasini
shakllantirishda oliy ma’lumotli pedagog kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan
hududlar uchun davlat grantlari asosidagi maqsadli qabul ko‘rsatkichlari
ajratilishi mumkin.
10-modda. Pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
Pedagoglarni
qayta tayyorlash ularga qo‘shimcha kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarni
egallash hamda o‘zining tayanch mutaxassisligi va kasbiga muvofiq mehnat
faoliyatini olib borish imkoniyatini berish maqsadida amalga oshiriladi.
Pedagoglar
malakasini oshirish ularga o‘z kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarini
chuqurlashtirish hamda yangilab borish, shuningdek toifasini (lavozimini)
oshirish imkoniyatini berish maqsadida amalga oshiriladi.
Pedagoglarni
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir faoliyat kadrlarni
qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim tashkilotlari
(institut, markaz, fakultet va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi.
Pedagoglarni
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari hamda muddatlari
tegishli davlat ta’lim talablari bilan belgilanadi.
Qayta
tayyorlash va malaka oshirish jarayonida pedagog o‘zining kasbiy fanlaridan
tashqari qo‘shimcha fanlarni (chet tilini, axborot texnologiyalarini,
ijtimoiy-gumanitar fanlarni va boshqalarni) ixtiyoriy ravishda o‘zlashtirishi
mumkin.
O‘quv
rejasi va o‘quv dasturi o‘zgarganda (yangi fan kiritilganda yoki mavjud fan
chiqarib tashlanganda) davlat ta’lim tashkilotlarining pedagoglarini yangi
turdosh fan bo‘yicha qayta tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti
mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Davlat
ta’lim tashkilotlari pedagoglarining malakasini belgilangan muddatlarda va
hajmda oshirish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari
hisobidan qoplanadi.
Nodavlat
ta’lim tashkilotlari pedagoglarining malakasini oshirish ish beruvchi tomonidan
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
11-modda. Pedagoglarning attestatsiyasi va malaka toifalari
Davlat
maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari
ta’lim tashkilotlarining pedagoglari qonunchilik hujjatlarida belgilangan
tartibda attestatsiyadan o‘tadi hamda uning natijalariga ko‘ra tegishli malaka
toifalarini olishi mumkin.
Pedagoglarni
attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalarini berish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
12-modda. Pedagogning mehnatiga haq to‘lash
Pedagogning
oylik ish haqi ma’lumoti, malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha bazaviy tarif
stavkasi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, davlat mukofotlari hamda qonunchilik
hujjatlarida belgilangan ustamalar inobatga olingan holda hisoblanadi.
Davlat
ta’lim tashkilotlarining pedagoglariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq budjet
va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan ustama hamda kompensatsiyalar
to‘lanishi mumkin.
Nodavlat
ta’lim tashkilotida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagogning mehnatiga
haq to‘lash tartibi ushbu tashkilotning muassislari yoki vakolatli shaxslari
tomonidan belgilanadi.
13-modda. Pedagoglarni rag‘batlantirish
Kasbiy
faoliyatda yuqori natijalarga erishganligi uchun pedagoglar “Davlat mukofotlari
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga
muvofiq davlat mukofotlariga, xususan, “O‘zbekiston Respublikasi xalq
o‘qituvchisi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar
murabbiysi” va “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi
xodimi” faxriy unvonlari hamda boshqa davlat mukofotlari bilan taqdirlanishi
mumkin.
Xalqaro
va respublika olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagan pedagoglarga qonunchilik
hujjatlarida belgilangan miqdorlarda mukofot pullari to‘lanadi.
Davlat
ta’lim tashkilotlarining pedagoglariga budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari
mablag‘lar hisobidan amaldagi qonunchilikka muvofiq moddiy rag‘batlantirishning
boshqa turlari belgilanishi mumkin.
Nodavlat
ta’lim tashkilotlarida pedagogning lavozim maoshiga har oyda hisoblanadigan,
rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan qo‘shimcha haq va ustamalar ushbu
tashkilotlarning muassislari yoki vakolatli shaxslari tomonidan belgilanadi.
14-modda. Pedagoglarni ijtimoiy himoya qilish
Ta’lim
tashkilotlarining pedagoglarini ijtimoiy himoya qilish davlat tomonidan
kafolatlanadi.
Ta’lim
tashkilotlarining pedagoglari uchun qisqartirilgan ish vaqti belgilanadi.
Davlat
ta’lim tashkilotlarining pedagoglariga davomiyligi ko‘pi bilan ellik olti
kalendar kundan iborat bo‘lgan haq to‘lanadigan har yilgi asosiy uzaytirilgan
mehnat ta’tili kafolatlanadi.
Pedagoglarning
toifalariga (lavozimlariga) mutanosib bo‘lgan, qisqartirilgan ish vaqtining va
har yilgi asosiy uzaytirilgan mehnat ta’tilining aniq davomiyligi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Respublikaning
olis hududlarida joylashgan ta’lim tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat
faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilingan oliy ma’lumotli pedagoglarga
qonunchilik hujjatlariga muvofiq bir martalik boshlang‘ich yordam puli va
uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul
kompensatsiyasi to‘lanadi.
Respublikaning
olis hududlarida hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ishlaydigan pedagoglarga imtiyozlar
qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Qo‘shimcha
ijtimoiy himoya choralari va kafolatlari mazkur Qonundan tashqari boshqa qonun
hujjatlarida, mehnat haqidagi huquqiy hujjatlarda, shuningdek xodim va ish
beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalarida belgilanishi mumkin.
Pedagoglarning
farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli tarzda qabul
qilinadi.
Mahalliy
davlat hokimiyati organlari pedagoglarni mahalliy budjetning qo‘shimcha
manbalari hisobidan moddiy va ijtimoiy rag‘batlantirish choralarini ko‘rishi
mumkin.
Pedagoglarning
sog‘liqni saqlashga doir huquqlari davlat tomonidan kafolatlanadi.
Pedagogning
kasbiy faoliyati davomida ro‘yxati qonunchilik hujjatlarida belgilangan yuqumli
kasalliklarga qarshi bepul profilaktik emlash davlat tomonidan ta’minlanadi.
Davlat
maktabgacha, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarining hamda boshqa
tashkilotlarning bevosita bolalarga ta’lim va tarbiya berish bilan band bo‘lgan
pedagoglari davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida majburiy tibbiy ko‘rikdan
bepul o‘tkaziladi.
Davlat
sog‘liqni saqlash muassasalarida davlat ta’lim tashkilotlarining pedagoglarini
majburiy bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Davlat
budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Pedagogni
majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish ish beruvchining zimmasiga
yuklatiladi.
Majburiy
tibbiy ko‘rikdan o‘tish vaqtida pedagog o‘z ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish
haqi saqlangan holda ishdan ozod qilinadi.
Ta’lim
tashkilotlarining pedagoglarini majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi

ta’lim tashkilotlarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi mazkur
tashkilotlarning mehnat haqidagi huquqiy hujjatlari, shuningdek xodim va ish
beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bilan, xodimlarning undan
o‘tishda chiqimdor bo‘lmasligi hisobga olingan holda belgilanadi.
15-modda. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga oid cheklovlar
Quyidagi
shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
qonuniy
kuchga kirgan sud hukmiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish
huquqidan mahrum etilgan shaxslar;
qonunchilikda
belgilangan tartibda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati
cheklangan deb topilgan shaxslar;
pedagogik
faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari bo‘lgan
shaxslar;
psixiatriya
yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxslar.
Qasddan
sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat
bilan bog‘liq lavozimlarga qabul qilish man etiladi.
Pedagogik
faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklar ro‘yxati
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Maktabgacha
ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirishga doir cheklovlar
“Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
16-modda. Nizolarni hal etish
Pedagogning
maqomi va uning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq nizolar qonunchilikda
belgilangan tartibda hal etiladi.
17-modda. Pedagogning maqomi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik
uchun javobgarlik
Pedagogning
maqomi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan
tartibda javobgar bo‘ladi.
18-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga
qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish
1.
O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan
“Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘RQ-600-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, №
5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda,
4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda;
2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464,
467-moddalar, № 12, 1186-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 186-modda, № 4,
265, 269-moddalar, № 6, 444, 445-moddalar) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
1)
8-moddaning birinchi qismi quyidagi
mazmundagi 52-band bilan to‘ldirilsin:
“52)
pedagog xodimlar — kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o‘z sha’ni,
qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish bilan bog‘liq ishlar
yuzasidan”;
2)
10-moddaning birinchi qismi
quyidagi mazmundagi 19-band bilan to‘ldirilsin:
“19)
pedagog xodimlar — kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida pedagog
xodimlarning huquqlarini buzayotgan davlat organlarining g‘ayriqonuniy
qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan
sudga shikoyat qilganda”.
2.
O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-sonli Qonunga
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil,
№ 9, 538-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda) quyidagi
qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritilsin:
1) 26-modda quyidagi
mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Qasddan
sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslar ta’lim sohasidagi
vakolatli davlat boshqaruvi organlarining hamda ular hududiy bo‘linmalarining
rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas”;
2) 28-modda
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Qasddan
sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslar ta’lim tashkilotlarining

3) 5-bob
chiqarib tashlansin.
19-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini,
mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
O‘zbekiston
Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va
maktab ta’limi vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning
ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi
o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
20-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat
qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika
ijro etuvchi hokimiyat organlarining ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy
hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
21-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston
Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent
sh.,
2024-yil
1-fevral,
O‘RQ-901-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.02.2024-y., 03/24/901/0082-son)