Vazir E’zoza Karimova va uning xodimlari oqqon va saratonga chalingan bolalar chizgan rasmlarni yuqori narxda sotib oldi
Joriy yilning 11-aprel kuni Respublika “Kelajak” markazida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda tizimdagi tashkilot, muassasalar ishtirokida “Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova hamda vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlar mas’ullari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu tadbirda inklyuziv ta’lim va uy ta’limida tahsil olayotgan o‘quvchilar tomonidan chizilgan rasmlar yarmarkasi va auksion ham tashkil qilingan.
Unda vazir E’zoza Karimova qo‘l ostidagi xodimlari bilan birgalikda oqqon va saratonga chalingan va nogironligi bo‘lgan bolalar tomonidan chizilgan suratlarni yuqori narxlarda sotib olgan. Bunda o‘quvchilarning ijod namunalari 15 million so‘mgacha bo‘lgan narxlarda xarid qilingan.
Bu haqda jamoatchilik faoli, oqqon va saratonga qarshi kurash loyihasi asoschisi Marjona Nurmuhamedova ma’lum qildi.
Comments 0
Please register to comment!
News
Court Verdict Issued Against Individuals Who Organized an Illegal Scheme to Help Teachers Pass Attestation
2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
Tashkent is studying the need for school buses
School Principal Jailed Over Distribution of Teaching Hours
News on the topic
Education policy
Oradan 4 yil o‘tib, ta’lim vaziri parlamentga hisob berdi
2022-yildan buyon vazirning shaxsan o‘zi Qonunchilik palatasida o‘tkaziladigan “hukumat soati”da ishtirok etmay kelayotgandi.
Attestation
Vazir E’zoza Karimova attestatsiyaga bordi, endi tizim o‘zgaradimi?
So‘nggi yillarda vazir sifatida faoliyat yuritgan Ulug‘bek Inoyatov, Sherzod Shermatov ham, Baxtiyor Saidov ham va Hilola Umarova ham shaxsan test jarayonlari o‘tkazilayotgan manzilga borib, norozi o‘qituvchilar bilan suhbatlashmagandi.
Vazir attestatsiyadan norozi bo‘lgan bir guruh o‘qituvchilarga duch keldi
Uchrashuvda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari attestatsiya uchun tuzilgan testlarning murakkabligidan shikoyat qilishdi. Ular jarayonning qay darajada qiyinligini isbotlash uchun vazirga o‘zlari bilan birga testga kirishni taklif qilishdi.
Appointment
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi
Karimova E’zozxon Gapirjonovna O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi.
English
Edit your comment