O‘qituvchilarning malaka toifasi hisobga olingan holda ustama ballari qayta hisoblanadi
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan.
Qaror bilan o‘qituvchilar faoliyatini baholash mezonlaridagi 9-ko‘rsatgich, ya’ni, o‘qituvchining pedagoglik faoliyatini baholash mezoni chiqarib tashlanib, uning o‘rniga malaka toifasiga qarab o‘qituvchilarga ball qo‘shib berilishi belgilandi.
Bunda o‘qituvchilarga amaldagi malaka toifasiga qarab quyidagicha ball beriladi
- Mutaxassis lavozimida bo‘lsa – 0 ball;
- Ikkinchi malaka toifasiga ega bo‘lsa — 5 ball;
- Birinchi malaka toifasiga ega bo‘lsa — 10 ball;
- Oliy malaka toifasiga ega bo‘lsa — 20 ball beriladi.
Ma’lumki, joriy yilning aprel-may oylarida pedagoglar uchun malaka toifa sinovlari bo‘lib o‘tdi. Bunda attestatsiya jarayonlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng bir oy muddat ichida vazirlikning tegishli buyrug‘i bilan attestatsiya natijalariga ko‘ra oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifalari hamda bosh, yetakchi va katta o‘qituvchi lavozimlari berilgan pedagog kadrlarning ro‘yxati tasdiqlanadi.
Mazkur ro‘yxatga asosan pedagog kadrlarga QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikatlar pedagog.uzedu.uz platformasi orqali onlayn generatsiya qilinadi. Bu jarayon esa 31-maydan boshlab iyun oyining so‘nggi kunigacha davom etishi belgilangandi.
Ammo attestatsiya sinovidan muvaffaqiyatli o‘tib, tegishli malaka toifasini qo‘lga kiritgan pedagog xodimlarga direktor jamg‘armasi hisobidan ustama tayinlashda tushunmoqvchiliklar kelib chiqa boshladi.
Aslida esa pedagog xodimning malaka toifasi bilan bog‘liq huquqiy maqomi attestatsiya natijalari tasdiqlangan paytdan boshlab vujudga kelgan hisoblanadi. Pedagogga QR-kod qo‘yilgan elektron sertifikatni shakllantirish esa Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan texnik va tashkiliy jarayon bo‘lib, mazkur jarayonning yakunlanmaganligi pedagog xodimning malaka toifasiga ega bo‘lganligi faktini inkor etmasligi lozim.
Shu sababli, direktor jamg‘armasi hisobidan ustama tayinlashda pedagogning amalda mavjud bo‘lgan va belgilangan tartibda qo‘lga kiritilgan malaka toifasi inobatga olinishi lozim. Sertifikatning generatsiya qilinmaganligi yoki pedagogga taqdim etilmaganligi uning huquqini cheklash uchun asos bo‘la olmaydi.
Mazkur holatda pedagog xodimga avvalgi malaka toifasi uchun emas, attestatsiya natijalariga ko‘ra berilgan malaka toifasi uchun nazarda tutilgan ball qo‘yilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ustama ballari qayta hisoblanadi
Pedagoglarga direktor jamg‘armasi hisobidan ustama tayinlash jarayonida malaka toifasi uchun ball berish amaliyoti yangi joriy etilgani sababli ayrim hududlarda ballarni hisoblash bilan bog‘liq turli tushunmovchiliklar kuzatilgandi.
Mazkur muammolarning oldini olish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi pedagoglarning malaka toifasi sertifikatlarini muddatidan oldin shakllantirish choralarini ko‘rdi.
Shuningdek, vazirlikning 2026-yil 17-iyundagi 05-14-3905-son ko‘rsatma xatiga muvofiq, pedagog xodimlarga yangi malaka toifasi bo‘yicha ball berilmagan taqdirda pedagog xodimlarning yangilangan malaka toifalaridan kelib chiqib ustamalarni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berildi.
Unga ko‘ra, pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash bo‘yicha ishchi guruhlar pedagoglarga qo‘yilgan ballarni qayta hisob-kitob qiladi hamda zarur hollarda ustama tayinlash to‘g‘risidagi buyruqlarga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritadi.
Comments 4
Please register to comment!
News
School Principal Jailed Over Distribution of Teaching Hours
New extracurricular clubs will be established in schools, and participation will be free of charge
Bog‘chalardagi tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga kiritilmoqda
Yangi baholash tizimi joriy etilgan maktablar soni 5000 taga yetkazilmoqda
News on the topic
What happens if the contract of a teacher working at a "red" school expires?
If the contract does not meet the established requirements, the employment contract is recognized as concluded for an indefinite period.
Вы спрашивали
O‘qituvchilarga direktor jamg‘armasi hisobidan ustama tayinlashning to‘liq tartibi qanday?
Pedagog xodimlar ish faoliyati 9 ta mezon bo‘yicha, jami 100 ballik tizimda baholanadi. Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplagan umumiy ballari boʻyicha ularga ustama haq belgilanadi.
Are points awarded for bonuses to teachers who have completed the circle?
I submitted documents to receive a bonus from the director's fund. Throughout my career, I have worked with underperforming and gifted students and conducted clubs. But is it true that the vice-principal and the director say that he will not receive any points?
Вы спрашивали
Is it possible to give a bonus to a teacher whose work experience has been popularized in another school?
From 7 to 15 points can be awarded for popularization of the teacher's work experience.
English
Edit your comment