Top.Mail.Ru
1 stavkada ishlovchi o‘qituvchi boshqa maktabda ham ishlashi mumkinmi?

The website texts are translated by Google, errors possible!

1 stavkada ishlovchi o‘qituvchi boshqa maktabda ham ishlashi mumkinmi?

17:11 / 27.09.2026 2.80k

Savol

Maktabda 20 soat darsim bor. Meni farzandlarim kontrakt asosida o‘qishadi. Boshqa joydan ham ish olishim uchun maktabdan 2 kunni bo‘shatib olishga qonuniy haqqim bormi?


KRK va KRS kuniga boshqa joydan dars olib bo‘lmaydi deyishyapti, lekin men yetakchi o‘qituvchi emasman. Ajratilgan 1 kunga boshqa muassasada ish chiqmaydi. Kamida 2 kunni bo‘shatib olishim kerak. Shunga qonuniy yechim bormi?


Javob

Mehnat kodeksining 184-moddasiga muvofiq ishi yuqori darajadagi ruhiy, aqliy va asabiy zo‘riqish bilan bog‘liq bo‘lgan, ya’ni alohida xususiyatga ega bo‘lgan tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqa toifadagi xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko‘pi bilan o‘ttiz olti soat qilib belgilanadi.


“Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida"gi yo'riqnomaga ko'ra pedagog xodimlar uchun dars soatlarining tarifikatsiyasi umumiy yillik ish yuklamasida belgilangan 1548 soat (yillik 43 hafta, haftalik 36 soat, kunlik 6 soat) hisobidan amalga oshiriladi.


Bunda pedagog xodimlar uchun bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi 5-11-sinflarda haftasiga 20 soatni tashkil qiladi. Pedagog xodimining yillik ish yuklamasi esa (bir stavka hisobida) bir haftada 36 soat, bir oyda 154,8 soat, bir yilda 1548 soat miqdorni tashkil qiladi. Demak, to‘liq nir stavkada ishlovchi pedagog xodimlar kuniga 6 soat ish joyida bo‘lishi talab etiladi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-son qarori hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini tashkil etish tartibi belgilangan. 


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 7-avgustdagi 246-sonli burug‘i bilan tasdiqlangan tartibga ko‘ra, Kasbiy rivojlanish kunlari tegishli fan o‘qituvchilari uchun asosan kasbiy rivojlantirish tadbirlarida ishtirok etadigan ish kuni hisoblanadi. 


“Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari o‘tkaziladigan vaqtda tegishli fan o‘qituvchilarini maktablardagi dars mashg‘ulotlariga va boshqa tadbirlarga jalb qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 


O‘qituvchining “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarida ishtirok etmaslik holati shu kuni ishga kelmaganlik sifatida qayd etiladi va unga ish haqini hisoblashda amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda hisobga olinadi.


“Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari tashkil etiladigan kunlar uchun pedagog xodimlar uchun dars jadvaliga dars qo‘yish mumkin emas.


Shu sababli, pedagog xodim boshqa ta’lim muassasasidan dars soatlari olishi uchun asosiy ish joyidan 2 kunni bo‘shatib olishga huquqi yo‘q. Biroq, o‘qituvchi maktab direktori bilan o‘zaro kelishgan holda boshqa ta’lim muassasasida tashqi o‘rindoshlik asosida ishlashi ham mumkin.


Chunki, “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra o‘qituvchilarga 1.5 stavkagacha ishlashiga ruxsat beriladi. 

O‘rindoshlik asosida ishlash — xodim o‘zining asosiy ishidan tashqari alohida mehnat shartnomasi shartlari bo‘yicha asosiy ishidan bo‘sh vaqtida boshqa muntazam haq to‘lanadigan ishni bajarishidir. 


Mehnat kodeksining 432-moddasiga ko‘ra o‘rindoshlik asosidagi ish xodim tomonidan o‘zining asosiy ish joyida (ichki o‘rindoshlik) yoki boshqa ish beruvchida (tashqi o‘rindoshlik) bajarilishi mumkin.


Faqat o‘rindoshlik asosida ishlashning davomiyligi xodimlarning mazkur toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq bo‘lmasligi kerak. 


Mehnat kodeksining 435-moddasiga ko‘ra o‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risidagi mehnat shartnomalari, agar bu qonunchilikka zid bo‘lmasa, bir yoki bir nechta ish beruvchi bilan ham tuzilishi mumkin.

Comments 0

Show more
Please register to comment!

Author of the article

Ulugbek Pulatov

Ulugbek Pulatov

Project founder

Tegs

  • Working time

Share