Top.Mail.Ru
Buxoroda maktab bitiruvchilarining 50 foizini texnikumlarga jalb qilish rejalashtirilmoqda

The website texts are translated by Google, errors possible!

Buxoroda maktab bitiruvchilarining 50 foizini texnikumlarga jalb qilish rejalashtirilmoqda

17:24 / 04.11.2026 77

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida hudud iqtisodiyotini rivojlantirish va aholi turmush darajasini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ta’lim sohasidagi ustuvor vazifalar ham belgilandi.


Yig‘ilishda tadbirkorlarga yer ajratish orqali xususiy bog‘cha va maktablar sonini ko‘paytirish, shuningdek, maktab bitiruvchilarining 50 foizini texnikumlarda kasb-hunar egallashga yo‘naltirish vazifasi qo‘yildi.


Bundan tashqari, texnikumlarni yirik tadbirkorlar va investorlar bilan bog‘lash, ularda xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish zarurligi ta’kidlandi. Viloyatdagi 10 ta davlat va xususiy oliy ta’lim muassasasida dual ta’lim qamrovini ikki baravar oshirish ham rejalashtirilgan.


Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yil dekabr oyida Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida 2026-yildan boshlab har yili kamida 100 ta texnikumni to‘liq ta’mirlash, ularni texnologik va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga mos ravishda jihozlash vazifasini qo‘ygandi.


Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirishni rejalashtirmagan yoshlarni texnikumlarga yo‘naltirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.


Murojaatnomada Germaniya, Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Xitoy va Janubiy Koreya kabi davlatlarning ilg‘or ta’lim dasturlari joriy etilgan texnikumlar sonini 100 taga yetkazish rejalari ham ma’lum qilingan. 


Unga ko‘ra, 2026-yilda 7 ta viloyatda, 2027-yilda esa qolgan hududlarda Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari va “Kasblar shaharchasi” faoliyati yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.


Mazkur vazifalar kasbiy ta’lim tizimini mehnat bozori talablariga moslashtirish, yoshlarni zamonaviy kasblarga tayyorlash hamda ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan.

Comments 0

Show more
Please register to comment!

Author of the article

"Xalq ta'limi Info"

"Xalq ta'limi Info"

Editorial

Tegs

  • Education policy

Share