Qorabog‘dagi maktabni bitirganlar O‘zbekiston OTMlariga imtihonsiz qabul qilinadi
O‘zbekiston hukumati tomonidan Qorabog‘ning Fuzuliy shahrida qurib bitkazilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-umumta’lim maktabini tamomlaganlar O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ma’lum qilgan.
Maktabda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari bilan uchrashgan vazirga ko‘ra, bu maktabda O‘zbekistondan ham o‘qituvchilar kelib dars beradi va kelgusida hamkorlik yanada kengaytiriladi.
“Maktabni bitirgan ozarbayjonlik farzandlarimiz kelajakda Mirzo Ulug‘bek nomidagi maktab attestatini ko‘tarib yurishidan juda xursandman.
Bu maktabni bitirgan bolalar bizning ham farzandlarimiz sanaladi. Shuning uchun ular O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga imtihonsiz qabul qilinadi”, degan Qo‘ng‘irotboy Sharipov.
Bu maktab 960 nafar o‘quvchi tahsil olishiga mo‘ljallangan bo‘lib, unda 40 ta sinfxona, 6 ta laboratoriya, 2 ta informatika xonasi, 5 ta funksional o‘quv xonasi, majlislar va sport zallari, oshxona, kutubxona mavjud. Futbol maydoni, dam olish va tadbirlar o‘tkazish uchun joylar, yugurish yo‘laklari tashkil qilingan.
Ta’kidlash joizki, 2021-yilning aprel oyida O‘zbekiston ishg‘oldan ozod etilgan Qorabog‘da Ozarbayjonga tuhfa sifatida maktab qurib bergan. Oradan ikki yil o‘tib, 23-avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev Qorabog‘dagi Mirzo Ulug‘bek maktabini ochib bergan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Vazir E’zoza Karimova va uning xodimlari oqqon va saratonga chalingan bolalar chizgan rasmlarni yuqori narxda sotib oldi
20-iyundan 1-sinfga qabul jarayonlari boshlanadi
8 oydan buyon maktabga bormagan o‘quvchilar diniy ta’lim olayotgani ma’lum bo‘ldi
O'zbek
Izohingizni tahrirlang