Top.Mail.Ru
Bizning jamoa
team

Otabek Raxmonberganov

“Ilmiy tahlil” loyihasi eksperti

Otabek Raxmonberganov Raxmonbergan o‘g‘li — 1983 yil Xorazm viloyati Gurlan tumanida tug‘ilgan. Mutaxassisligi iqtisodchi, pedagog. 


U 2005-yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Menejment fakultetini tamomlagan, 2010-yilda Xorazm viloyat pedagog xodimlar malakasini oshirish institutida “Informatika fani o‘qituvchisi” mutaxassisligi uchun qayta tayyorlovdan o‘tgan.


Faoliyati davomida Gurlan tuman hokimligida mutaxassis, Gurlan tuman xalq ta’limi bo‘limida mutaxassis, Gurlan tumanidagi 1- va 5-son umumiy o‘rta ta’lim maktablarida va Xiva shahar Prezident maktabida informatika fani o‘qituvchisi lavozimida ishlagan. 


Otabek Raxmonberganov fikrlash yo‘nalishi bo‘yicha ekspert. Matematik, mantiqiy va tanqidiy fikrlash, noan’anaviy masalalarni yechish bo‘yicha o‘quv markazida dars beradi. Bu borada o‘quv qo‘llanmalari, kitob va metodik materiallar muallifi. 


Uning muallifligidagi kitoblar: 


  • Maktabgacha yoshdagi o‘quvchilar uchun matematika:


  • Maktabgacha yoshdagi o‘quvchilar uchun atrofimizdagi olam;


  • 1-sinf matematika;


  • 1-sinf mantiq;


  • 2-sinf matematika;


  • 2-sinf mantiq;


  • Tanqidiy fikrlash yo‘nalishidagi qo‘llanmalar.


Otabek Raxmonberganov ayni vaqtda Gurlan tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida informatika fani o‘qituvchisi va “UstozUz” o‘quv markazi rahbari lavozimida faoliyat yuritadi.


Shuningdek, xalqtaliminfo.uz nashrining “Ilmiy tahlil” loyihasi eksperti sifatida ham faoliyat yuritib kelmoqda.