Bolalarni ta’limga jalb etmay, tilanchilik qilgan ona javobgarlikka tortildi

Joriy yilning 11-mart kuni taxminan soat 21:30 larda Toshkent shahar, Mirobod tumani hududida 1989-yilda tug‘ilgan (muqaddam bir necha marotaba ma’muriy javobgarlikka tortilgan) X.A. o‘zining uch nafar voyaga yetmagan farzandlaridan (2015 y.t., 2020 y.t., 2022 y.t.) foydalanib, ularning sog‘lom hayot kechirishi, ta’limga jalb qilinishini ta’minlamasdan, tilanchilik bilan shug‘ullanganligi aniqlangan.
Mazkur huquqbuzarlikni to‘xtatish va qonuniy chora ko‘rish maqsadida PPX xodimlari ushbu ayolni yaqin oradagi IIB ga taklif qilishgan. Biroq fuqaro ichki ishlar organlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat tartibini buzishgan.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tomonidan fuqaro X.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”), 188-prim. 3-moddasi (“Tilanchilik qilish”) va 194-moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Uch nafar voyaga yetmagan bolalarning huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirish choralari ko‘rilmoqda.
Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ham munosabat bildirib, ota-onaning bunday harakatlari bola huquqlarini jiddiy ravishda buzish hisoblanishini eslatdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasiga ko‘ra, ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar.
Bolani turli shakldagi ekspluatatsiyadan himoya qilishga, uning ta’limga, sog‘lom va xavfsiz muhitga bo‘lgan huquqlarini ta’minlashga qaratilgan choralar kompleks ravishda barqaror va izchil davom ettirilishi zarur”, deyiladi Bolalar ombudsmani munosabatida.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Gulnora Karimova o‘zlashtirgan pullardan ta’limga ham yo‘naltirilmoqda

Ikki mingta maktab yuqori yuklama bilan ishlayapti

Maktab direktori lavozimi uchun 3 ming dollar

Yana ikki nafar maktab o‘quvchisi ijaraga mashina olib, avtohalokatga uchradi
Mavzuga doir yangiliklar

Maktab direktori lavozimi uchun 3 ming dollar
O‘qituvchini direktor lavozimiga tayinlash uchun 3 ming dollar pora olgan maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i qo‘lga tushdi. Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Maktab hududida xavfli tarzda avtomobil boshqargan “zavxoz”ga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Samarqanddagi maktablardan birida xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudir lavozimida ishlovchi shaxs o‘z boshqaruvidagi avtomobilni maktab hududidagi stadionda yuqori tezlikda va xavfli tarzda boshqardi.

Bu safar kasb kasalligiga chalingan o‘qituvchiga 337 mln so‘m mablag‘ undirib berildi
Ma’lum bo‘lishicha, pedagog xodimning kasb kasalligi bo‘yicha nogironlik guruhi uchinchi bo‘lib, u kasbiy mehnat layoqatini 40 foizga yo‘qotilgan.

Kasb kasalligiga chalingan o‘qituvchiga 70 mln so‘m tovon puli undirib beriladigan bo'ldi
Ushbu tovon puli sud orqali undirildi
Izohingizni tahrirlang