Maktab direktori lavozimi uchun 3 ming dollar
O‘qituvchini direktor lavozimiga tayinlash uchun 3 ming dollar pora olgan maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i qo‘lga olindi. Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Toshkent shahridagi tumanlardan birining maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i umumiy o‘rta ta’lim maktabida tarix fanidan dars beruvchi o‘qituvchini mazkur tumandagi maktablardan biriga direktor lavozimiga tayinlash evaziga o‘z xizmat xonasida 3 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yildan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tavsiya beruvchi maslahat organi — Direktorlar kengashi tuzilgandi.
Mazkur buyruq bilan maktabgacha va maktab ta’limi tizimida direktorlarini lavozimiga tayinlash “Direktorlar kengashi” tavsiyasiga asosan ochiq tanlov asosida amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgandi.
Izohlar 5
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi
3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi
Attestatsiya test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar va manzillar belgilandi
Xususiy fan olimpiadalarini o‘tkazishga cheklov qo‘yiladimi?
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Ta’lim jihozlari ortidagi korrupsiya fosh etildi
Jizzax shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga asl narxi 15,2 mln so‘m bo‘lgan interaktiv doskalarni 25 mln so‘mdan o‘tkazib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi.
Yangiliklar
Maktabda o‘qiydigan farzandiga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi
Voyaga yetmagan farzandlarining avtomobilni yuqori tezlikda boshqarishiga yo‘l qo‘yibgan ota besh sutkaga qamaldi.
Attestatsiya
Vazirlik attestatsiya testlarini pullayaptimi?
Tahririyatga murojaat yo‘llagan pedagoglardan birining aytishicha, o‘tgan yildan buyon alohida sinov.uz platformasi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, har bir fandan test ishlash uchun alohida narxlar belgilab qo‘yilgan.
Yangiliklar
Qimor o‘ynagan MMTB boshlig‘i va direktorlar jarimga tortildi
Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida olti nafar ta’lim sohasi xodimi choyxonada qimor o‘ynab o‘tirgan paytda ushlanib, ma’muriy javobgarlikka tortildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang