Top.Mail.Ru
3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi

3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi

12:36 / 30.03.2026 309

Avvalroq, o‘quvchi-qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha ilk bora  “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi tashkil etilib, g‘olib jamoaga “Damas” avtomashinasi va 250 mln so‘mgacha pul mukofoti berilishi haqida xabar bergandik.


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xabar berishicha, Termiz shahrida joylashgan Surxon arena maydonida o‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.



Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasida:


  • 1-o‘rin — Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, 30-maktab jamoasi;


  • 2-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Bo‘zatov tumani, 10-maktab jamoasi;


  • 3-o‘rin — Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani, 42-maktab jamoasi egalladi.


G‘oliblarni taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, Sport vaziri Adxam Ikramov, viloyat hokimligi, hamkor tashkilotlar mas’ullari, ishtirokchi o‘quvchi qizlar hamda ularning ota-onalari, keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.



Musobaqa Nizomiga ko‘ra, “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi respublika bosqichida:


  • 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, 30-maktab jamoasi —  “Damas” avtomashinasi va 250 mln so‘m;


  • 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Bo‘zatov tumani, 10-maktab jamoasi — “Damas” avtomashinasi va 200 mln so‘m;


  • 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani, 42-maktab jamoasi “Damas” avtomashinasi va 150 mln so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi.


Shuningdek, qolgan jamoalarga Sport vazirligi tomonidan vorkaut maydonchasini qurib berish bo‘yicha vaucher, 50 mln so‘mdan pul mukofoti, Davlat xavfsizlik xizmati va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 800 mln so‘m qiymatga ega futbol koptoklari (har bir jamoaga 50 donadan) hamda boshqa  qimmatbaho sovg‘alar berildi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • rag'bat
  • Yutuq

Ulashish