Ikki nafar o‘quvchi dunyoning birinchi raqamli oliygohiga o‘qishga kirdi
O‘zbekistonlik ikki nafar iqtidorli o‘quvchi dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Massachusetts Institute of Technology (MIT) universitetiga 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Massachusetts Institute of Technology — dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim va tadqiqot markazlaridan biri bo‘lib, AQShning Massachusets shtati, Kembrij shahrida joylashgan. Universitet 1861-yilda tashkil etilgan bo‘lib, asosan muhandislik, texnologiya, tabiiy fanlar, informatika va innovatsiyalar sohasidagi kuchli ta’limi bilan mashhur.
MIT ilmiy tadqiqotlar va texnologik ixtirolar bo‘yicha dunyo yetakchilaridan biri hisoblanadi. Universitet bilan bog‘liq olimlar orasida 100 dan ortiq Nobel mukofoti sovrindorlari mavjud.
Ayni vaqtda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari Elbek Zohidjonov va Asilbek Sunnatov aynan ana shu universitetga 100% lik grant asosida o‘qishga qabul qilindi.
- Elbek Zohidjonov — IMO 2025 — Kumush medal sohibi (Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi);
- Asilbek Sunnatov — IOI 2025 —Kumush medal sohibi (Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi) hisoblanadi.
Ma’lumot uchun: Universitet QS jahon reytingida ketma-ket 13 yil davomida 1-o‘rinni o‘zida saqlab kelmoqda (Times Higher Education va US News reytinglarida esa 2-o‘rinda).
Universitetda jami 11,500 atrofida talaba tahsil oladi, qabul ko‘rsatkichi esa atigi 4% ni tashkil etadi. Ya’ni, MIT faqatgina dunyoning juda ham kam sonli iqtidorli yoshlarini saralab oladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish jarayoni boshlanadi
Endi o‘qituvchilar tibbiy ko‘rigi uchun to‘lovlar davlat budjetidan qoplanadi
O‘qituvchilarga va’da qilingan yana bir imtiyoz kuchga kirdi
Bu yil maktablarda bahorgi ta’til 20-martdan boshlanishi mumkin
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
O‘zbekistonlik yana bir o‘quvchi Harvard universitetiga 100 foizlik grant yutib oldi
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi Sobirova Dilafro‘z Salohiddin qizi Наrvard universitetining Integrativ biologiya yo‘nalishiga qabul qilindi, u 4 yilga 100 foizlik grant yutib oldi.
Yangiliklar
O‘zbekistonlik maktab o‘quvchisi xalqaro Arktika ekspeditsiyasida ishtirok etdi
Toshkent shahridagi 246-maktab o‘quvchisi Alina Chembayeva joriy yilning avgust oyida o‘tkazilgan xalqaro “Bilimlar muzyorari” (Icebreaker of Knowledge) Arktika ekspedisiyasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etdi.
Yangiliklar
Ta’limdagi o‘zgarishlar O‘zbekistonning xalqaro reytingdagi o‘rniga ijobiy ta’sir ko‘rsatgani qayd etildi
“Sustainable Development Report 2025” hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston 193 davlat orasida 62-o‘rinni egalladi va Barqaror rivojlanish maqsadlari ko‘rsatkichi bo‘yicha jahon miqyosida e’tirof etildi.
Yangiliklar
O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro Kimyo Olimpiadasida tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi
Umumiy hisobda terma jamoa a’zolari tomonidan 2 ta oltin, 2 ta kumush, jami — 4 ta medal qo‘lga kiritildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang