Gulnora Karimova o‘zlashtirgan pullardan ta’limga ham yo‘naltirilmoqda
Gulnora Karimova tomonidan noqonuniy o‘zlashtirgan Shveysariyadagi mablag‘lardan ma’lum bir qismi O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda 24-aprel kuni Olmaliq shahrida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Otabek Fozilkarimov ma’lum qildi.
Shveysariya hududida musodara qilingan noqonuniy aktivlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalariga yo‘naltirilmoqda.
Bu haqda 2022-yil 16-avgustda O‘zbekiston bilan Shveysariya o‘rtasida restitutsiya bitimi imzolangan edi. Mazkur bitim doirasida O‘zbekiston Respublikasi, Shveysariya va BMT hamkorligida BMTning ko‘p tomonlama trast jamg‘armasi huzurida “Ishonch” jamg‘armasi tashkil etilgan.
Bitim doirasida birinchi transh uchun 131 million dollar mablag‘ni qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Jumladan, “Ishonch” jamg‘armasi hisobidan ta’lim sohasida mo‘ljallangan ishlar ikkita komponentga bo‘lingan holda amalga oshirilmoqda. Birinchisi bo‘yicha axborot texnologiyalari va raqamli yechimlarni kengaytirish orqali ta’lim imkoniyatlarini oshirish loyihasi ishga tushirilgan.
Ikkinchi komponentga asosan, xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda, maktablarda sanitariya-gigiyena tizimini yaxshilash, isitish tizimini modernizatsiya qilish, maktablarni boshqarishga jamoatchilikni jalb qilishga qaratilgan loyiha taklifi ishlab chiqilgan.
“Shu munosabat bilan, Shveysariya hududida musodara qilingan noqonuniy mablag‘lar O‘zbekiston xalqi manfaatlari yo‘lida qaytarilganini olqishlaymiz.
Bu kelishuvga va ijtimoiy loyihalarga hissa qo‘shayotgan barcha xalqaro tashkilotlar vakillariga minnatdorlik bildiramiz”, deyiladi vazirlik Axborot xizmati xabarida.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
1-sinfga qabul uchun fuqarodan 300 dollar olgan maktab xodimi qo‘lga tushdi
7 695 ta maktab uchun maktab maslahatchilari saralab olindi
O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 yillik tanaffusdan so‘ng Xalqaro biologiya olimpiadasida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi
Anomal issiq sababli yopilgan bog‘cha xodimlarining ish haqi toʻliq toʻlab beriladi, ota-onalardan ham to‘lov undirilmaydi
Mavzuga doir yangiliklar
Ta'lim siyosati
Boshlang‘ich ta’limni rivojlantirish uchun Jahon banki 100 mln dollar ajratadi
2030-yilgacha 50 ming nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, maktab rahbarlari va ta’lim tizimi ma’murlarining pedagogik hamda boshqaruv salohiyati oshiriladi. Yangi maktablar qurish va mavjudlarini kengaytirish orqali sifatli ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi hamda boshlang‘ich maktablarda 27 mingta yangi o‘quv o‘rni yaratiladi.
Yangiliklar
Endilikda o‘quvchi va talabalar natijalari maxsus platformaga kiritib boriladi
“O‘zbekiston yoshlar ligasi” platformasi ishga tushiriladi. Bunda yoshlar o‘z natijasini platformaga kiritib boradi.
Ta'lim siyosati
Oradan 4 yil o‘tib, ta’lim vaziri parlamentga hisob berdi
2022-yildan buyon vazirning shaxsan o‘zi Qonunchilik palatasida o‘tkaziladigan “hukumat soati”da ishtirok etmay kelayotgandi.
Yangiliklar
Vazir E’zoza Karimova maktabda dars o‘tdi
E’zoza Karimova Namangan viloyati, Davlatobod tumanidagi 48-maktabda tashkil qilingan “Kelajak soati” doirasida “Muqaddas ayol” mavzusida dars o‘tdi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang