“O‘qituvchilarni attestatsiyadan o‘tkazib qo‘yish uchun 10 ming AQSH dollaridan ortiq mablag‘ yig‘ilgan” — DXX

Pedagog xodimlarni attestatsiya hamda kasbiy sertifikatlashdan o‘tkazib qo‘yish maqsadida amalga oshirilgan bir qancha noqonuniy harakatlar fosh bo‘ldi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Nukus shahridagi umumta’lim maktabi o‘qituvchisi mazkur maktab direktori o‘rinbosarining topshirig‘iga asosan, kasbiy sertifikat olish bo‘yicha sinovlaridan o‘tkazib berish evaziga Chimboy tumanida ishlovchi hamkasbidan 1000 AQSH dollari olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, direktor o‘rinbosari 100 nafardan ortiq o‘qituvchilarni davlat attestatsiyasidan o‘tkazib berish evaziga har biridan 1000-1500 AQSH dollari miqdorida pul olib, bu haqida o‘zining shaxsiy bloknotlari va qog‘ozlarda aks ettirib kelganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, ushbu noqonuniy ishga Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Pedagoglarni bilim va malakasini baholashni tashkil etish sho‘basi bosh metodisti ham aloqadorligi aniqlanib, u o‘qituvchilardan davlat attestatsiyasidan o‘tkazishga yordam berish evaziga yig‘ilgan 10450 AQSH dollarini ixtiyoriy ravishda topshirdi.
Shu bilan birga, o‘qituvchilarni shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazmasdan, test jarayoniga uyali aloqa vositalari bilan kirishlariga sharoit yaratib bergan Milliy gvardiya xodimining ham o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashganligi ma’lum bo‘ldi.
Aniqlanishicha, ular pora tariqasida olingan pullarni o‘zaro taqsimlashgan.
Holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Ikki nafar maktab o‘quvchisi Farg‘ona kanalida cho‘kib ketdi

Sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilariga ogohlantirish berish boshlandi

Endi ayrim maktab bitiruvchilariga shahodatnomaga qo‘shimcha kasb-hunar bo‘yicha sertifikat ham beriladi

Ta’limdagi o‘zgarishlar O‘zbekistonning xalqaro reytingdagi o‘rniga ijobiy ta’sir ko‘rsatgani qayd etildi
Mavzuga doir yangiliklar

Attestatsiyadan yiqilgan rahbar xodimlar ishdan bo‘shatilmaydimi?
Ta’lim muassasasi rahbar xodimlari, odatda, asosiy rahbarlik lavozimini o‘qituvchilik lavozimi bilan birga bajarib kelgani sababli, attestatsiyaga o‘qituvchi sifatida jalb etiladi.

Endi attestatsiyadan o‘tolmagan o‘qituvchilarga ancha qiyin bo‘ladi
Attestatsiyadan o‘ta olmaganligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilingan pedagog kadr kasbiy sertifikatni qo‘lga kiritgan xoldagina, yana pedagog sifatida ishga qabul qilinishi mumkin.

O‘qituvchilar vazirlikni 6 marta sudga bergani ma’lum bo‘ldi
2025-yil aprel-may oylaridagi attestatsiya imtihoni bo‘yicha vazirlik jami 6 marta sudga berilgan bo‘lib, 1 ta sud ishida vazirlik yutqazgani, 4 tasida esa yutib chiqqani ma’lum bo‘ldi.

Maktab yerini sotmoqchi bo‘lgan tuman hokimi qo‘lga olindi
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimi Mahmud Xolbo‘tayev maktab uchun ajratilgan yerga ko‘p qavatli uy qurilishiga ruxsat berish evaziga tadbirkordan 10 ming AQSh dollari pora olayotganda DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Izohingizni tahrirlang