Top.Mail.Ru
O‘qituvchilar vazirlikni 6 marta sudga bergani ma’lum bo‘ldi

O‘qituvchilar vazirlikni 6 marta sudga bergani ma’lum bo‘ldi

12:35 / 11.07.2025 1.46k

2025-yil aprel-may oylaridagi attestatsiya imtihoni bo‘yicha vazirlik jami 6 marta sudga berilgan bo‘lib, 1 ta sud ishida vazirlik yutqazgani, 4 tasida esa yutib chiqqani ma’lum bo‘ldi. Navbatdagi yana bir sud ishi endi ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.


Xabaringiz bor, yaqinda bir guruh o‘qituvchilar tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga attestatsiya imtihonlarini qayta o‘tkazish majburiyatini yuklash, ma’naviy ziyon va vakil xarajatlarini undirish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritilgandi.


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Sardor Raximboyevning Gazeta.uz nashriga bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil aprel-may oylaridagi attestatsiya imtihoni bo‘yicha shu vaqtga qadar vazirlik 5 marta turli fan o‘qituvchilari tomonidan sudga berilgan.


Ularning to‘rttasida vazirlik yutgan, bittasida esa sud tomonidan tayinlangan mustaqil ekspertlar attestatsiya savolida xatolik mavjudligini aniqlagan va vazirlik tomonidan da’vogar o‘qituvchiga ball qo‘shib beriladigan bo‘lgan.


2025-yil aprel-may oylaridagi attestatsiya imtihoni bo‘yicha yaqinda sudga kiritilgan da’vo arizasi oltinchisi hisoblanib, mazkur sud ishi endi ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.


Attestatsiyada qatnashgan o‘qituvchilar qanday natija ko‘rsatdi?


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimi Sardor Raximboyev 2025-yil aprel-may oylarida o‘tkazilgan attestatsiya test sinovlarida qatnashgan ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari qayd etgan natijalari haqida ham ma’lumot berdi.


Ma’lum qilinishicha, hozirgi kunda davlat maktablarida 40,9 ming nafar ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi faoliyat yuritib, ularning 15 993 nafari bahorgi attestatsiyada qatnashgan.


Attestatsiya natijalariga ko‘ra, ulardan 1 148 nafari (14,6 %)ning malaka toifasi oshgan, 2 331 nafarining toifasi yangi 5 yillik muddatga saqlab qolingan.


912 nafar (5,7 %) o‘qituvchilarning toifasi esa pasaygan. 11 697 nafar (73,1 %) o‘qituvchilar salbiy natija qayd etgan. Ammo ushbu pedagoglar attestatsiyada navbatdan tashqari qatnashgani bois, ularning natijasi ijobiy bo‘lmasa-da, toifasi o‘zgarishsiz qolgan.


Xato savollar uchun o‘qituvchilarga ball qo‘shib berilgan


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Sardor Rahimboyev xato savollar uchun ko‘plab o‘qituvchilarga ball qo‘shib berilganini aytdi.

“Dunyodagi barcha testlash tizimlarida xato savollar uchrab turadi, albatta. Afsuski, test savollari orasida shu vaqtgacha ham ayrim xatolar bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘lishi mumkin. Bu yilgi attestatsiya sinovlarida ham sanoqli xato savollar uchraganini tan olish kerak.

Bu savollar uchun ko‘plab o‘qituvchilarga ball qo‘shib berildi. Bitta savolning xatoligi aniqlansa, o‘sha savol kimga tushgan bo‘lsa, hamma qatnashchilarga ball qo‘shib beriladi”, — deya ta’kidlagan Sardor Rahimboyev.


Eslatib o
tamiz, 2025-yil aprel-may oylaridagi attestatsiya imtihoni yuzasidan shikoyat bo‘yicha oxirgi sud qachon boshlanishi hozircha malum emas.

Izohlar 3

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Attestatsiya
  • Javobgarlik

Ulashish