Informatika fani o‘qituvchilari sun’iy intellekt ta’lim dasturi asosida o‘qitiladi
Xabaringiz bor, joriy yilning 30-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Massachusets texnologiya institutining sun’iy intellekt ta’lim dasturi asosida o‘quv dasturlarini yangilanishi aytildi.
Bunda har bir viloyatdan 100 nafar informatika o‘qituvchisi joriy yilda Yangi O‘zbekiston universitetida ushbu dasturga o‘qitiladi. Ushbu mentor o‘qituvchilar esa o‘z hududidagi qolgan informatika o‘qituvchilarini ikki yil davomida kaskad usulida tayyorlaydi.
Bu orqali besh yilda barcha maktab bitiruvchilari sun’iy intellekt bo‘yicha yetarli bilim oladi.
Shuningdek, “Raqamli avlod qizlari” tanlovida ta’lim, sun’iy intellekt, “yashil” iqtisodiyot, iqlim o‘zgarishi kabi sohalarda 7 ming o‘quvchi va talabaning 120 ta startap loyihasi tanlab olindi. Bu yil kamida 50 ming nafar qizlar “Raqamli avlod qizlari” loyihasi bilan qamrab olinadi.
Ma’lumot uchun: Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti va Yandex Uzbekistan hamkorligida Uzluksiz kasbiy rivojlanish doirasida informatika fani o‘qituvchilari uchun rus tilida bepul kurslar tashkil etildi.
Mazkur kurslarda GPTda neyron tarmoqlar yordamida o‘quv topshiriqlari, dars materiallari, taqdimotlar yaratish va tahrirlash bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalar beriladi.
Shuningdek, pedagoglar Python dasturlash doirasida quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:
- oddiy o‘yinlar yaratish orqali darslarni interaktiv qilish;
- murakkab mavzularni grafiklar va animatsiyalar yordamida vizuallashtirish;
- kundalik ishlarni avtomatlashtirish: konspektlar va uy vazifalarini yaratish, ularni tekshirish va hatto o‘quvchilaringizning yutuqlarini kuzatib borish.
Havola orqali o‘tib, qisqa so‘rovnomani to‘ldirib, kurslarda shug‘ullanishni boshlashingiz mumkin!
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Attestatsiyadan norozi o‘qituvchilar sud uchun yig‘ilgan pullarni xayriya qilib yubordi
Maktablarda “Ombudsman soati” joriy etish rejalashtirilmoqda
Endi o‘quvchilarning zararli odatlari haqida xabar bergan pedagoglar mukofotlanishi mumkin
Attestatsiyada ingliz tilidan tushgan testlar to‘liq tahlil qilindi
Mavzuga doir yangiliklar
Qozog'iston
Endi qozog‘istonlik o‘qituvchilar ChatGPT’dan bepul foydalanadi
Qozog‘iston hukumati OpenAI bilan ta’lim tizimida sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha memorandum imzoladi.
AQSh
O‘qituvchilar o‘rnini sun’iy intellekt egallamoqda — AQSh
AQSHning Texas shtatidagi Ostin shahrida joylashgan Alpha School maktabi ta’lim sohasida inqilob qilmoqda. Bu yerda 4- va 5-sinf o‘quvchilari har kuni darsga kelishadi, ammo ularning o‘qituvchisi — odatdagidek inson emas, balki sun’iy intellektdir.
Xitoy
Xitoy maktablarida sun’iy intellekt majburiy kurs sifatida joriy etiladi
Xitoy hukumati maktablarda sun’iy intellekt (SI) bo‘yicha majburiy kurslarni joriy etish tashabbusini ilgari surdi.
Janubiy Koreya
2025-yilda sun’iy intellekt maktab o‘quvchilariga dars berishni boshlaydi
LG va Samsung kabi texnologiya gigantlari sun’iy intellektni maktab ta’limiga integratsiya qilmoqda
O'zbek
Izohingizni tahrirlang