Darslarni adolatsiz taqsimlangan direktorga 4 mln so‘mgacha jarima solinishi mumkin
Ma’lumki, pedagog xodimlarga darslarni taqsimlash “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 3271, 2020-yil 30-iyun) 15-bandida belgilab berilgan ustuvor ketma-ketlik asosida amalga oshirilishi lozim.
Nizomning 15-bandida belgilangan ko‘rsatkichlar ketma-ketligi asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etiladi. Bunda dars soatlari setkasi umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Maksimal dars soati olish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘qituvchining yozma roziligi bilan unga ajratilishi mumkin bo‘lgan dars soatlari boshqa o‘qituvchilarga berilishi mumkin.
Darslarni adolatsiz taqsimlaganlarga qanday javobgarlik bor?
Umumta’lim muassasalarida dars soatlarini taqsimlash maktabning Pedagogik kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Shu sababli, birinchi navbatda Pedagogik kengash darslar adolatsiz taqsimlangan taqdirda, uni tasdiqlamaslik huquqiga ega.
Ammo shunga qaramay, maktab direktori yoki boshqa mansabdor shaxslar tomonidan dars soatlarini taqsimlash borasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilmasa, ularga nisbatan javobgarlik bor.
Ma’lumki, Xalq ta’limi vazirining 2016-yil 30-maydagi 6-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining pedagogik kengashi to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra, maktab direktori pedagogik kengash raisi hisoblanadi. Pedagogik kengash qarorlari ijrosining umumiy nazorati esa pedagogik kengash raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Shu sababli, maktab direktorining Pedagogik kengash qaroriga zid ravishda, qonunchilik hujjatlarini buzgan holda o‘zboshimchalik bilan darslarni adolatsiz taqsimlashi mehnat qonunchiligini buzish sifatida baholanadi.
Bunday vaziyatlarda maktab direktoriga nisbatan Mehnat kodeksining 312-moddasida nazarda tutilgan intizomiy jazo turlaridan biri qo‘llanilishi mumkin.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasiga ko‘ra mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari (2 mln 60 ming so‘m)dan o‘n baravari (4 mln 120 ming so‘m)gacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari (4 mln 12 ming so‘m)dan o‘n besh baravari (6 mln 180 ming so‘m)gacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ma’lumot uchun: Ta’lim muassasalarida dars soatlari adolatsiz taqsimlangan taqdirda pedagog xodimlar hududiy bandlik yoki adliya bo‘limlariga, shuningdek kasaba uyushmasiga murojaat qilishlari mumkin.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ta’limga ajratilgan mablag‘lar nimalarga sarflandi?
Nogironligi bo‘lgan pedagoglarga attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlarida qo‘shimcha vaqt beriladi
Alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash tizimi tubdan oʻzgaradi
Ko‘zi ojiz pedagoglar uchun muhim yangilik: endi har bir o‘qituvchiga alohida shaxsiy assistent biriktiriladi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Dekret ta’tilidan qaytgan o‘qituvchilarga faqat ta’tildan avvalgi dars soatlarigina beriladimi?
Dekret ta’tilidan qaytgan o‘qituvchilarga ta’tildan avvalgi dars soatlarigina beriladi degan qoida yo‘q.
Yangiliklar
Bolalarga avtomobilni boshqarishga berganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda
Voyaga yetmagan shaxsga transport vositasini boshqarish uchun berganlik uchun alohida ma’muriy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.
So'ragan edingiz
Bu yil rahbar xodimlarga dars berilmaydimi?
Rahbar xodimlarga dars berilmasin, degan taqiqlovchi qoida yo‘q.
Yangiliklar
O‘quvchiga nisbatan axloqsiz harakat qilgan maktab maslahatchisi ishdan olinadi — "Kelajak" markazi
Avvalroq Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani haqida xabar bergandik.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang