Top.Mail.Ru
Vazirlikning salohiyatli kadrlaridan biri Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktoriga o‘rinbosar bo‘ldi

Vazirlikning salohiyatli kadrlaridan biri Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktoriga o‘rinbosar bo‘ldi

13:02 / 18.09.2025 103

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish va kasbiy sertifikatlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Sardor Raximboyev Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.


Mazkur tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning farmoyishi bilan amalga oshirildi.


Sardor Raximboyev 2009-2015-yillarda Davlat statistika qo‘mitasi, Toshkent viloyati Iqtisodiyot bosh boshqarmasi, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida turli lavozimlarda, 2015-2019-yillarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bosh mutaxassisi, 2019-2020-yillarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti katta o‘qituvchisi, 2020-2022-yillarda Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi davlat unitar korxonasi bosh mutaxassisi, 2022-2023-yillarda Xalq ta’limi vazirligida boshqarma boshlig‘i vazifalarida ishlagan.


Etiborlisi, Sardor Raximboyev ommaviy axborot vositalariga ham ochiq bolib, shu kunga qadar xalqtaliminfo.uz'ning pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan barcha savollariga batafsil javob berib keldi, attestatsiya jarayoniga oid bir qancha muammoli masalalarning yechimini topishda faollik korsatdi. 


Sardor Raximboyev MMTV Axborot xizmati bilan hamkorlikda tashkil etilgan ko‘rsatuvlarda ham ishtirok etib, jamoatchilikning e’tirozlarga sabab bo‘lgan attestatsiya jarayoniga oid masalalarga aniqlik kiritgan.



Xalqtaliminfo.uz
jamoasi Sardor Raximboyevning ta’lim sohasidagi xizmatlarini alohida e’tirof etgan holda yangi lavozimi bilan samimiy tabriklaydi va uning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaydi.

Izohlar 1

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Tayinlov

Ulashish