Direktor o‘rinbosari shtatini qisqartirish hisobiga maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ–277-son, 08.09.2025 y.) imzolandi.
Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimini har bir umumiy o‘rta ta’lim tashkilotiga 1 ta shtat birligida ajratish hisobiga bo‘shaydigan 3 400 ta shtat birliklari hisobiga maktab maslahatchisi lavozimi shtat birligi joriy qilinadi.
2025-yil yakuniga qadar ta’lim muassasalarida maqbullashtiriladigan va 2026-yil 1-yanvardan boshlab ajratiladigan shtat birliklari hisobiga maktab maslahatchisi lavozimi shtat birligi joriy qilinadi.
Ma’lumki, hozirgi kunga qadar direktorning ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi sinflar komplektlar soniga qarab belgilangan. Maktablarda sinflar soni oshib borganda 0.5 shtat birlikda ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari shtati ajratib kelingan.
Endilikda, respublikadagi barcha maktablardagi 0.5 shtat birlikdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimi maqbullashtirilib, maktab maslahatchisi lavozimi shtat birligi joriy qilinmoqda. Ya’ni, 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab maktablarda 0.5 stavkada ishlaydigan o‘rinbosarlar bo‘lmaydi.
Maktab maslahatchisi lavozim maoshi umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti direktori o‘rinbosari lavozim maoshiga tenglashtiriladi. Menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan maktab maslahatchilariga 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga tegishlicha har oylik 30 foiz miqdorida qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari bilan ishlashda ularning ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida mahalla, maktab, oila va jamoat tashkilotlari hamkorligiga asoslangan tizim joriy etiladi.
Bunda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va psixolog tomonidan barcha o‘quvchilarning xulq-atvori ilg‘or xorijiy tajriba asosida ishlab chiqiladigan indikatorlar asosida tizimli tahlil qilinadi.
O‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra va o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanish ehtiyojidan kelib chiqqan holda ular bilan ishlashning maqsadli yo‘nalishlari belgilanib, har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullar va individual ish rejalar tasdiqlanadi.
O‘quvchilarning yetakchilik, ijodiy va tashabbuskorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy va ekologik loyihalar, to‘garaklarga jalb qilish ishlari maktab maslahatchilari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Xulq-atvorida muayyan murakkabliklar kuzatilgan o‘quvchilar bilan maqsadli ishlash ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, maktab psixologlari, yoshlar yetakchilari hamda mahalla va ota-onalar kengashi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Toshkentda ilk bor bola huquqlari bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari forumi o‘tkazildi

Endi o‘quvchilar olgan sertifikatlar yakuniy imtihonlarda ham tan olinadi

Yangi o‘quv yilidan yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi

O‘qituvchilarni 1-oktyabr munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida ko‘rsatma berildi
Mavzuga doir yangiliklar

Sud Ta’lim vazirligini yopishga ruxsat berdi — AQSh
AQSh Oliy sudi Donald Tramp ma’muriyatining Ta’lim vazirligini tugatish borasidagi harakatlariga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi.

AQShda ta’lim vazirligi butunlay tugatilishi mumkin
Prezident Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida mamlakatdagi ta’lim va AQSh ta’lim vazirligini dunyodagi eng yomon, deya ta’rifladi.

Ta’lim inspeksiyasi tashkiloti yana qaytmoqdami?
Vazifalari sobiq Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga o‘xshash bo‘lgan Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etildi.

Maktabdagi “zavuch” lavozimi tugatilyaptimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda shunday xabarlar tarqaldi
Izohingizni tahrirlang