Attestatsiya uchun o‘qituvchilardan 25 ming dollar olgan pedagoglar qo‘lga tushdi
Namanganda ta’lim tizimida ishlovchi mansabdor shaxslar tomonidan tashkil qilingan “bunker” fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori o‘rinbosari, Namangan davlat texnika universiteti bo‘lim boshlig‘i hamda ushbu bo‘lim mutaxassisi va boshqalar o‘zaro til biriktirib, malaka toifalarini belgilash uchun o‘tkazilgan attestatsiya imtihonlari doirasida test sinovlarini topshirishlarida pedagog xodimlarga moddiy manfaat evaziga “bunker” orqali masofadan turib yordam berganliklari aniqlandi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Namangan shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “bunker” sifatida foydalanilayotgan xonadon ko‘zdan kechirilgan.
Natijada, ushbu manzilda test savollarini yechishga jalb qilingan 12 nafar o‘qituvchi borligi aniqlanib, noutbuk, 30 dona har xil turdagi eshitish moslamasi va yashirin kameralar, 8 dona “Wi-Fi” router va boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Tergovga qadar tekshiruv tadbirlari davomida, maktab direktori o‘rinbosari va boshqalarni imtihon natijalarini ijobiy hal qilib berishga ishontirgan holda, viloyatdagi o‘qituvchilarning ma’lum bir qismidan 1300-1500 AQSh dollaridan talab qilib, joriy yil sentyabr-oktyabr oylarining o‘zida 25 ming AQSh dollari miqdorida pul mablag‘i yig‘ib olishgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi va 28, 211-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Davlatobod tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori o‘rinbosari hamda “bunker”ni boshqarayotgan, 2001-yilda tug‘ilgan fuqaro muqaddam aynan shunday jinoyat sodir etganliklari uchun javobgarlikka tortilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘istonda 100 nafardan ortiq o‘qituvchilarni attestatsiyadan o‘tkazib qo‘yish evaziga 1000-1500 AQSh dollari miqdorida pul olgan shaxslar ham qo‘lga tushgandi.
Izohlar 14
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Vazir E’zoza Karimova birinchi marta prezidentga taqdimot qildi
Surxondaryodagi maktablar yana qog‘ozbozlikka qaytyaptimi?
Qoraqalpog‘iston Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri lavozimidan ozod qilindi
Endi pedagoglar bolalarga zo‘ravonlik qilsa, maktab direktori ularni ishdan bo‘shatishi mumkin bo‘ladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Samarqand “oblono” boshlig‘i farzandini xorijga yuborgani uchun 28 mln so‘m mablag‘ budjetga qaytarildi
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mansabdor shaxslari tomonidan qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilgani o‘z isbotini topdi.
Yangiliklar
2025-yilgi attestatsiyada 60 foizdan ortiq o‘qituvchi o‘tolmagani ma’lum bo‘ldi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi joriy yilgi malaka toifasi test sinovlariga oid statistikani e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilda ikki marotaba o‘tkazilgan test sinovlarida 64,4 foiz o‘qituvchilar yetarli natija qayd etolmagan.
Yangiliklar
“O‘qituvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi qayta ko‘rib chiqiladi” — Qozog‘iston ta’lim vaziri
Qozog‘istonlik o‘qituvchilar ommaviy ravishda attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lganidan so‘ng, ta’lim vaziri xato va kamchiliklarni tan oldi.
Attestatsiya
Attestatsiyada o‘qituvchilar huquqi cheklanishi bu qulaylikmi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi attestatsiyadagi o‘zgarishlarni aslida o‘qituvchilarga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilganini ma’lum qildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang