“O‘qituvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi qayta ko‘rib chiqiladi” — Qozog‘iston ta’lim vaziri
Qozog‘istonlik o‘qituvchilar ommaviy ravishda attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lganidan so‘ng, ta’lim vaziri xato va kamchiliklarni tan olib, pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish qoidalarini qayta ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.
Avvalroq, Sharqiy Qozog‘iston viloyatida o‘qituvchilar ommaviy ravishda attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lib murojaat bilan chiqishgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda viloyatda qariyb 200 nafar pedagog attestatsiyadan o‘ta olmagan. O‘qituvchilar fikricha, baholash mezonlarining keskin o‘zgarishi va “mualliflik dasturini ishlab chiqish” bo‘yicha yuklatilgan talab mantiqan ham, amalda ham bajarilishi qiyin bo‘lgan.
Qozog‘istondagi tartibga ko‘ra, o‘qituvchilarning toifasi tushirilsa, ularning maoshi qisqarishi, shuningdek, so‘nggi uch oy davomida olingan ustamalarni davlatga qaytarib berishlari kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng, attestatsiyadan o‘ta olmagan pedagoglar vazirlikni sudga berish niyatida ekanini bildirgan.
Shundan so‘ng, mazkur e’tirozlarni inobatga olgan holda Qozog‘iston ta’lim vaziri Juldiz Suleymenova pedagoglarni himoya qilish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘qituvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi qayta ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, pedagoglarni himoya qilish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bugungi kunda “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Vazirlik pedagoglar takliflarini inobatga olgan holda, o‘qituvchilar attestatsiyasi qoidalarini qayta ko‘rib chiqish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
“Eng dolzarb mavzulardan biri – o‘qituvchilar tomonidan mualliflik ta’lim dasturlarini ishlab chiqishdir”, - dedi Juldiz Suleymenova.
Shuningdek, o‘qituvchilar magistraturani tamomlagan pedagoglarga malaka toifasini avtomatik ravishda berish taklifini ilgari surgan, biroq vazir bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamagan.
“Umumiy o‘rta ta’lim tizimida pedagoglar malakasini uning kasbiy mahorati va ta’lim sifatiga qarab baholash zarur”, – deya ta’kidladi Juldiz Suleymenova.
Qozog‘iston ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, hozirda ta’lim tizimida qariyb 600 ming nafar pedagog faoliyat yuritmoqda. Qayd etilishicha, pedagoglar tomonidan attestatsiya qoidalarini takomillashtirish bo‘yicha ko‘plab takliflar kelib tushishda davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ham bir guruh o‘qituvchilar attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgandi. Undan tashqari pedagoglar tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bir necha bor sudga berilgandi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish jarayoni boshlanadi
Endi o‘qituvchilar tibbiy ko‘rigi uchun to‘lovlar davlat budjetidan qoplanadi
O‘qituvchilarga va’da qilingan yana bir imtiyoz kuchga kirdi
Bu yil maktablarda bahorgi ta’til 20-martdan boshlanishi mumkin
Mavzuga doir yangiliklar
Attestatsiya
Vazirlik attestatsiya testlarini pullayaptimi?
Tahririyatga murojaat yo‘llagan pedagoglardan birining aytishicha, o‘tgan yildan buyon alohida sinov.uz platformasi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, har bir fandan test ishlash uchun alohida narxlar belgilab qo‘yilgan.
Maqola
“Tanaffus” podkastidagi bahs qanday oʻtdi
Tarixchilar oʻrtasidagi bahsni koʻrgach, bu haqdagi tahlillarini tanqidiy fikrlash boʻyicha mutaxassis, "Ta'lim tahlili" loyihasi eksperti Otabek Rahmonberganov ayni shu mavzuda maqola tayyorladi.
Attestatsiya
Attestasiyada “xom ballar” asosida o‘qituvchilar haqida qaror chiqarish – shunchaki “lotereya”
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova hamda Baholash markazi direktori Dilrabo Davidovaga ochiq murojaat.
Yangiliklar
Attestatsiya to‘lovi 10-martgacha amalga oshiriladi, biroq xatolik chiqsa, pullar qaytarilmaydi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi attestatsiya uchun to‘lovlarni amalga oshirishni 2026-yilning 10-martiga qadar uzaytirdi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang