Tojikiston ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
Tojikiston parlamenti deputati Dilnoza Ahmadzoda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni butunlay taqiqlashni, o‘smirlar foydalanishini esa qat’iy nazorat ostiga olishni taklif qildi. Uning bu haqdagi taklifi “Narodnaya gazeta” nashrida e’lon qilindi, deya xabar berdi Qalampir.uz tahririyati.
Deputatning bildirishicha, joriy yilda mamlakat hukumati bolalar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunga yolg‘on va zararli ma’lumotlarga oid ayrim o‘zgartirishlarni kiritgan. Shunga qaramay, uning fikricha, bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini nazorat ostiga olish uchun qonunga boshqa o‘zgartirishlar ham kiritish zarur.
Ahmadzodaning taklifiga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarga kirish mutlaqo taqiqlanishi kerak, 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar esa faqat ota-onaning yozma roziligi bilan foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Biroq mutaxassislar fikricha, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni butunlay taqiqlash muammoni hal qilmaydi. Ularning fikriga ko‘ra, to‘liq taqiq qo‘yishdan ko‘ra, foydalanishni tartibga solish va nazorat qilish samaraliroq bo‘ladi.
Ma’lumot uchun: So‘nggi yillarda bir qator — Janubiy Koreya, Niderlandiya, Avstraliya, Norvegiya, Italiya, Qirg‘iziston va Rossiya kabi mamlakatlarda bolalar va o‘smirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklash hamda mobil telefondan foydalanishini taqiqlovchi qoidalar joriy qilinmoqda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Maktablarda “Ombudsman soati” joriy etish rejalashtirilmoqda
Endi o‘quvchilarning zararli odatlari haqida xabar bergan pedagoglar mukofotlanishi mumkin
Attestatsiyada ingliz tilidan tushgan testlar to‘liq tahlil qilindi
Endi CHQBT rahbarlariga ham 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Xorij ta'limi
Bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish butunlay taqiqlandi — Avstraliya
Dunyoda birinchi bo‘lib Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish rasman taqiqlanadi.
Yangi Zelandiya
Yangi Zelandiya ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
Mamlakat parlamenti o‘smirlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklovchi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqchi.
Janubiy Koreya
Maktablarida telefondan foydalanish butunlay taqiqlandi — Janubiy Koreya
Janubiy Koreya parlamenti dars vaqtida mobil telefon va smart qurilmalardan foydalanishni taqiqlovchi qonun qabul qildi. Bu tartib 2026-yil martidan kuchga kiradi va mamlakat bo‘ylab barcha maktablarda amal qiladi.
Niderlandiya
Niderlandiya hukumati 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaslikni tavsiya qildi
Niderlandiya rasmiylari bolalarni raqamli dunyo ta’siridan himoya qilish maqsadida, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarga TikTok, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlashni tavsiya qilmoqda.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang