Top.Mail.Ru
Tojikiston ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi

Tojikiston ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi

15:06 / 02.10.2025 106

Tojikiston parlamenti deputati Dilnoza Ahmadzoda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni butunlay taqiqlashni, o‘smirlar foydalanishini esa qat’iy nazorat ostiga olishni taklif qildi. Uning bu haqdagi taklifi “Narodnaya gazeta” nashrida e’lon qilindi, deya xabar berdi Qalampir.uz tahririyati.


Deputatning bildirishicha, joriy yilda mamlakat hukumati bolalar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunga yolg‘on va zararli ma’lumotlarga oid ayrim o‘zgartirishlarni kiritgan. Shunga qaramay, uning fikricha, bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini nazorat ostiga olish uchun qonunga boshqa o‘zgartirishlar ham kiritish zarur.


Ahmadzodaning taklifiga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarga kirish mutlaqo taqiqlanishi kerak, 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar esa faqat ota-onaning yozma roziligi bilan foydalanishi mumkin bo‘ladi.


Biroq mutaxassislar fikricha, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni butunlay taqiqlash muammoni hal qilmaydi. Ularning fikriga ko‘ra, to‘liq taqiq qo‘yishdan ko‘ra, foydalanishni tartibga solish va nazorat qilish samaraliroq bo‘ladi.


Ma’lumot uchun: So‘nggi yillarda bir qator — Janubiy Koreya, Niderlandiya, Avstraliya, Norvegiya, Italiya, Qirg‘iziston va Rossiya kabi mamlakatlarda bolalar va o‘smirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklash hamda mobil telefondan foydalanishini taqiqlovchi qoidalar joriy qilinmoqda.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Mobil telefon
  • Tojikiston

Ulashish